Andijon viloyatining Asaka tumanida 19-dekabr kuni 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtotransport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Asaka tumani YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 19-dekabr tongida O‘zbekistonning qator hududlarida tuman sabab yo‘lning ko‘rinish masofasi qisqargani sababli haydovchilarni transportni ehtiyotkorlik bilan, tezlikni oshirmasdan, oraliq masofa saqlab boshqarishga chaqirgandi.
Izoh (0)