Afg‘onistonning Hilmand viloyatida “Tolibon” a’zolari futbolchini o‘ldirdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi Nava tumanining Aynak hududi yaqinida otib o‘ldirilgan. Sportchi taxminan 30 yoshli Najibulla ekani aniqlangan. U Hilmanddagi eng mashhur futbolchilardan biri bo‘lgan. “Tolibon” hozircha bu borada hech qanday izoh bermagan. Futbolchi o‘g‘rilikda ayblangani aytilmoqda.
“Tolibon” a’zolari Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin dekabrda birinchi marta ommaviy qatlni amalga oshirdi. Jumladan, besh yil avval sodir etgan qotillik, mototsikl va mobil telefon o‘g‘irlashda ayblanib, afg‘onistonlik erkak o‘limga hukm qilindi. Qatl marosimida yuzlab tomoshabinlar, shuningdek, davlat amaldorlari ishtirok etdi.
Noyabr oyida “Tolibon”ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘yicha administratsiyasi vakili Maryam ismli o‘smir qizni unga turmushga chiqishdan bosh tortgani uchun o‘ldirgandi. Ma’lumotni “Tolibon” hukumati vakillari ham tasdiqlagan. Erkak esa hibsga olingan, u hozir qamoqda.
Izoh (0)