Daryo

“Tolibon” odam o‘ldirish va o‘g‘rilikda ayblangan erkakni qatl qildi

Jarayon tomoshabinlar va davlat amaldorlari ishtirokida amalga oshirilgan

1 daqiqa o‘qish39 486 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Tolibon” a’zolari Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin birinchi marta ommaviy qatlni amalga oshirdi. Bu haqda The Washington Times xabar berdi.

Foto: Twitter

“Tolibon” rasmiy vakili Zabiulloh Mujohid mazkur ma‘lumotni tasdiqlagan. Jumladan, besh yil avval sodir etgan qotillik, mototsikl va mobil telefon o‘g‘irlashda ayblanib, afg‘onistonlik erkak o‘limga hukm qilingan. Qatl marosimida yuzlab tomoshabinlar, shuningdek, davlat amaldorlari ishtirok etgan.

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim hukmi haqida “Tolibon”ning oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda Mujohid bilan muzokara qilingan. Ijro etish to‘g‘risidagi qaror “juda ehtiyotkorlik bilan” qabul qilingan va uchta sud bilan kelishilgan.

Noyabr oyida “Tolibon”ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘yicha adminstratsiyasi vakili Maryam ismli o‘smir qizni unga turmushga chiqishdan bosh tortgani uchun o‘ldirgandi. Ma’lumotni “Tolibon” hukumati vakillari ham tasdiqlagan. Erkak esa hibsga olingan, u hozir qamoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar