Turkiyaning Denizli shahri Merkezefendi tumanida o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqlab o'ldirdi. Bu haqda mahalliy Haber Turk nashri xabar berdi.
O‘zbekistonlik er-xotin o‘rtasida noma’lum sabablarga ko‘ra, janjal kelib chiqqan. Erkak bu orada rafiqasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Voqea joyiga politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan. Biroq ayolning o‘lgani aniqlangan.
Erkak hodisa davomida o’ziga ustara bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan, u hozirda Pamukkale universiteti kasalxonasida davolanmoqda. Juftlik Turkiyaga taxminan 3 oy oldin kelgani aniqlangan.
Avvalroq Isroilning Tel-Aviv shahrida o‘zbekistonlik 37 yoshli enaga 83 yoshli ayolga zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib qo‘lga olingandi. O‘zbekistonlik gumonlanuvchi keksa ayolni yuzi va tanasida ko‘karishlar borligi sababli kaltaklagani taxmin qilingan.
Izoh (0)