Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 finalida Argentina va Fransiya terma jamoalari 18-dekabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Uchrashuv Janubiy Amerika vakillarining hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo‘lim o‘rtasida argentinaliklar penaltidan urilgan gol evaziga oldinga o‘tib oldi: Leo Messi 11 metrlik jarima zarbasidan muvaffaqiyatli foydalandi. 36-daqiqada Anxel di Mariya jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki qismi ham Argentinaning nazorati ostida o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanib borayotgan vaqtda fransuzlar bosimni kuchaytirdi. 80-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirgan holda hisob qisqartirgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib uning o‘zi muvozanatni tikladi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmagach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 109-daqiqada Messi dubl qayd etgan holda, Argentinaning uchinchi golini urdi. 118-daqiqada Mbappe o‘zi ishlab olgan penaltidan unumli foydalanib, yana hisobni tenglashtirdi.

Penaltilar seriyasida Argentinaning qo‘li baland keldi. Shu tariqa Argentina jahon chempioniga aylandi.

JCH—2022

Final

18-dekabr, yakshanba

Argentina — Fransiya 3:3

Gollar: 1:0 – 23, penalti Messi, 2:0 – 36 Di Mariya, 2:1 – 80, penalti Mbappe, 2:2 – 81 Mbappe, 3:2 – 109 Messi, 3:3 – 118, penalti Mbappe.

Penaltilar seriyasi — 4:2

Argentina: Martines, Molina (Montiyel, 90), Otamendi, Romero, Talyafiko (Dilaba, 120+1), De Pol (Paredes, 102), Mak Allister (Pesselya, 116), Fernandes, Di Mariya (Akunya, 64), Messi, Alvares (Martines, 103).

Fransiya: Lyoris, Kunde (Disasi, 120+1), Varan (Konate, 113), Upamekano, Ernandes (Kamavinga, 71), Rabyo (Fofana, 96), Tchuameni, Jiru (Tyuram, 41), Grizmann (Koman, 71), Dembele (Kolo-Muani, 41), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Fernandes (45), Rabo (55), Tyuram (87), Akunya (90+8), Paredes (114), Montiyel (116).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Facebook asoschisi Mark Sukerberg uchinchi marta ota bo‘ldi (foto)
Sport
La Liga prezidenti: “Barselona” Messini ortga qaytara olmaydi 
Shou-biznes
Bir yil davomida suratga olingan, professional aktyorlar ansambli jamlangan “Ofitser 55” filmi taqdimotidan reportaj (foto, video)