Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘z lavozimini tark etmaydi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) 52 yoshli mutaxassis jamoada qolishini va Angliyani Yevro—2024 ga tayyorlashini rasman ma’lum qildi. Shuningdek, Sautgeytning yordamchisi Stiv Holland ham jamoada qoladigan bo‘ldi.
Sautgeyt qo‘l ostida “uchsherlar” JCH—2018 yarim finali va Yevro—2020 finaliga qadar yetib bordi. JCH—2022 da esa jamoa chorak finalda Fransiyaga yutqazib qo‘ydi (1:2).
52 yoshli mutaxassis Angliyani 2016-yilning sentabrida qabul qilib olgandi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)