Germaniyaning Adidas kompaniyasi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining liboslariga bo‘lgan talabni qondira olmayapti.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, Adidas Argentina termasining 10-raqamli libosini butun dunyo bo‘ylab va barcha o‘lcham toifalarida ishlab chiqarishda tanqislikka duch kelmoqda.
Kompaniya mahsulotlar juda yaxshi sotilishini taxmin qilgan, biroq talab bu qadar oshib ketishini kutmagan.
Adidas 18-dekabr kuni Janubiy Amerika jamoasi JCH—2022 finalida g‘alaba qozongan taqdirda, savdo nuqtalarini liboslar bilan ta’minlashda muammo kelib chiqmasligi uchun ushbu masalani ko‘rib chiqmoqda.
Hozirgi taqchillik qalbaki liboslarni ishlab chiqarish va sotilishiga olib kelmoqda. Bu ayyorliklar Argentina futbol assotsiatsiyasiga ham ma’lum.
Argentina terma jamoasi 18-dekabr, yakshanba kuni Jahon Chempionati finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)