Futbol bo‘yicha JCH—2022 uchinchi o‘rini uchun kechadigan uchrashuvga hakamlar tayinlandi.
Xorvatiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Abdulrahmon al-Jassim boshchiligidagi qatarlik hakamlar guruhi boshqarib yuboradi. Unga qanotlarda hamyurtlari yordam beradi.
VAR tizimida chililik Xulio Baskunyan va niderland Pol van Bukel faoliyat olib boradi.
35 yoshli al-Jassim mundialda bunga qadar bitta o‘yinda ishlagandi. Guruh bosqichi doirasida AQSH — Uels (1:1) uchrashuvi mezbon hakamga ishonib topshirilgandi.
Avvalroq Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini hakamlari ma’lum qilingandi.
Xorvatiya — Marokash uchrashuvi 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin O‘zbekiston vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Izoh (0)