O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni sezilarli darajada pasaydi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 12-dekabr kuni 58 kishida kasallik qayd etilgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Namangan viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 46 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Izoh (0)