Ukrainaning 82 mingdan ortiq fuqarosi oilalari bilan “Ukraina uchun birlik” (U4U) dasturi doirasida AQSHga jo‘nab ketgan. Bunday ma’lumotlar AQSH Immigratsiya xizmatining 11-dekabr kungi hisobotida keltirgan.
AQSH hukumati tashabbusi bilan boshlangan ushbu dastur ukrainaliklarga gumanitar ruxsatnoma asosida mamlakatga kirish va ikki yil muddatga qolish huquqini beradi.
Dasturda ishtirok etish uchun ukrainalik fuqaro AQSHda yashash muddati uchun pul beradigan homiy tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Ma’lum bo‘lishicha, ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan 177 mingdan ortiq amerikalik homiylar U4U dasturida ishtirok etish uchun xizmatga murojaat qilgan.
Bundan tashqari, AQSHda Ukraina hududida urush boshlangan paytda Amerikada bo‘lgan ukrainaliklar va bir qator boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun “Vaqtinchalik himoya” dasturi mavjud.
30-noyabr holatiga BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa davlatlarida 4,5 millionga yaqin ukrainalik turli himoya sxemalari ostida ro‘yxatga olingan.