Daryo

Toshkentda mayning ferma tashkil etgan shaxs davlatga 750 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish6 736 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Yangihayot tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “Chortoq” MFY hududida yashovchi fuqaro O.K. o‘z uyining yerto‘lasida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 751,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar