• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Lotin Amerikasi tarixidagi eng qonli qirg‘in, Moskvada futbol ishqibozi o‘limi sabab yuzaga kelgan ommaviy tartibsizlik va Tokioga uchayotgan samolyotda terakt. Kun xronologiyasida 11-dekabr

    11-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Lotin Amerikasi tarixidagi eng qonli qirg‘in, Moskvada futbol ishqibozining o‘ldirishi sabab yuzaga kelgan ommaviy tartibsizlik va Tokioga uchayotgan samolyotda uyushtirilgan terakt oid faktlar o‘rin olgan.

    Lotin Amerikasi tarixidagi eng qonli qirg‘in

    1981-yil 11-dekabr kuni Salvador armiyasi harbiy xizmatchilari El-Mosote qishlog‘ining 1,2 mingga yaqin aholisini, jumladan, ayollar va yosh bolalarni o‘ldirib, uni yer yuzidan o‘chirib tashlagan edi. Bu tarixdan zamonaviy Lotin Amerikasi tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik hisoblanib, 13 yil davom etgan Salvadordagi fuqarolik urushining eng qonli epizodiga aylangan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    1979-yili Salvadorda fuqarolik urushi avjiga chiqqan bo‘lib, mamlakatda ketma-ket davlat to‘ntarishlari va siyosiy zo‘ravonlik davom etardi. Urushning boshlanishiga zo‘ravonlikka qarshi kurashishga uringan xalq orasida mashhur arxiyepiskop Oskar Romeroning o‘ldirilishi sabab bo‘lgan. Qator siyosiy arboblar o‘ldirilgach, butun muxolifat “Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti”ga birlashgan,

     

    Uning tarkibidan nafaqat kommunistlar, balki sotsial-demokratlar, so‘l qanot katoliklari va hatto troskiylar ham o‘rin olgan. Ularga Amerika prezidenti Ronald Reygan tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi o‘ng davlat tuzilmalari qarshilik ko‘rsatgan.

    Mojaroning dastlabki oylarida ustunlik so‘l isyonchilari tomonida bo‘lgan. Biroq vaziyat amerikaliklar yordam ko‘lamini — pul va qurollarni, shuningdek, harbiy maslahatchilar xizmatini oshirganidan keyin o‘zgargan. AQSH tomonidan Salvador harbiy xizmatchilaridan iborat maxsus elita batalyonining tuzilishi urushda muhim burilish yasagan.

    “Atlakatl” jangchilari Amerika maxsus xizmatlarining dasturi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan, ular aynan partizanlik harakatlariga qarshi ko‘nikmalarini oshirgan. Batalyon amerikaliklardan maxsus kiyimlar va qurollarni olib, 1981-yil kuzida Salvadorda harbiy harakatlarga jalb etilgan.

    El-Mosote yoki shunchaki Mosote qishlog‘ida 300 kishi istiqomat qiladigan kichik aholi punkti edi. Qishloq so‘lchilar tarafida emasdi, u yerda asosan protestantlar yashagan, bu vaqtda isyonchilar o‘zlari tomonga asosan katolik qishloqlaridan odamlarni og‘dirib olish bilan shug‘ullangan. Ba’zida Mosote aholisi isyonchilarga oziq-ovqat sotgan, biroq ularga o‘z qishloqdoshlarini og‘dirib olishga imkoniyat bermagan.

    Dekabr boshlarida mahalliy aholidan biri tez orada hududda hukumat qo‘shinlari tomonidan partizanlarga qarshi operatsiyalar o‘tkazilishidan xabar topgan. Mosote neytral va protestantlar qishlog‘i bo‘lgani bois mahalliy aholi armiyaning kelishidan xavotirga tushmagan va uni tark etmaslikka qaror qilgan. Bundan tashqari, Mosotega armiyada xizmat qilgan qo‘shni qishloqlarning bir necha yuz qochoqlari ko‘chib kelgandi.

    10-dekabr kuni qishloqqa “Atlakatl” batalyoni bostirib kirgan. Barcha aholi markaziy maydonga to‘plangan, tintuv qilingan, isyonchilarga yordam bermasliklari uchun tahdid qilishgan va qorong‘u tushishi bilan ko‘chaga chiqmaslikni tayinlab, uylariga qaytishga ruxsat berilgan.

    Ertasi kuni batalyon askarlari qishloq aholisini ajratishni boshlagan. Erkaklar bitta uyga, ayollar boshqasiga, yosh bolalar esa alohida uyga qamalgan. Shundan keyin dastlab erkaklar, kein ayollar, oxirida bolalar otib tashlangan (ularning ayrimlari bo‘g‘izlangan). Shu bilan birga, askarlar qishoqdagi barcha qoramollarni otib tashlab, u yerda birorta tirik jonni qoldirmagan. Murdalar ustidan benzin sepilib, yoqib yuborilgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ertasi kuni “Atlakatl” qishloqni tark etgan va o‘z harakatlarini qo‘shni ikki qishloqda takrorlagan. Qirg‘indan bir necha oy o‘tib askarlar hodisa joyiga qaytib yoritkichlar maqsadida ishlatish uchun insonlarning bosh chanoqlarini terishga tushgan. Bu omad keltiradi deb hisoblangan.

    Askarlar kelishidan bir kun oldin qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan qishloq aholisi omon qolgan. Qirg‘in haqida aynan ular so‘zlab bergan. 1982-yil yanvar oxirida New York Times jurnalisti Reymond Bonner qirg‘in joyiga borib, maqola yozgan va unda hukumat qo‘shinlarini taxminan 800 nafar tinch aholining o‘ldirilishida ayblagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ushbu maqola Reyganning imijiga putur yetkazgan, shu sababli jurnalist yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishda ayblangan. Bundan tashqari, jurnalist kommunistlarga moyillikda gumonlangan, oxir-oqibat gazeta tahririyati uni surishtiruv bo‘limidan moliyaviy bo‘limga o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Keyinroq Bonner Mosotedagi qirg‘in haqida bir nechta kitob yozgan.

    Oradan 10 yil o‘tgach, 1992-yilda Salvadorda faoliyat yuritgan BMTning dushman taraflarni yarashtirish komissiyasi El-Mosotedagi o‘ldirilganlar ko‘milgan ommaviy qabrni topgan. Biroq tergovga tinchlik shartlariga ko‘ra, fuqarolik urushi qatnashchilari afv etilishi va ular javobgarlikka tortilmasligi fakti xalaqit bergan. 2011-yilda Salvadorning yangi hukumati armiya kuchlarining fuqarolik urushidagi harakatlari uchun rasman kechirim so‘ragan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2012-yilda Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro sud tinch aholiga qarshi jinoyatni tergov qilib, armiya tuzilmalaridagi mas’ullarni javobgarlikka tortgan. Shuningdek, jabrlanganlarning qarindoshlariga jami 18 million dollar kompensatsiya to‘lash bo‘yicha qaror chiqargan.

    Futbol ishqibozi sabab Moskvada yuz bergan ommaviy tartibsizlik

    2010-yil 11-dekabr kuni Moskva markazidagi Manej maydonida eng qaqshatkich qarshilikka uchragan ommaviy noroziliklar namoyishi bo‘lib o‘tgandi. Namoyishlar “Spartak” muxlislari orasida mashhur bo‘lgan zelenogradlik futbol ishqibozi Yegor Sviridovning o‘ldirishi ortidan kelib chiqqan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Manejdagi tartibsizliklar tarixi 6-dekabr kechasi Moskvadagi Kronshtadt bulvarida ro‘y bergan janjaldan boshlangan, unda futbol ishqibozi Yegor Sviridov halok bo‘lgan. Uning o‘limidan keyin bir-biriga zid ma’lumotlar tarqay boshlagan — aynan nima sodir bo‘lgani, janjal ishtirokchilari shaxsi haqida faktlar yo‘q edi.

    Sudda ko‘rsatma berganlarning aytishicha, Sviridov va Cherkesov (o‘q uzgan inson) kompaniyalari o‘rtasidagi mojaro Yovvoyi G‘arbni yodga solgan. Yegorning o‘limidan ikki kun oldin Aslan Cherkesov tanishlari bilan “Pivo nuqtasi”da o‘tirgan. Hamma uy-uyiga taqalishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda yigitlardan biri noma’lum erkak bilan janjallashib qolgan, shundan keyin do‘stlar uni kaltaklashga tushgan. Atrofdagilar vaziyatga aralashishga uringanida, ulardan birining burni singan, Aslan travmatik quroldan polga o‘q uzib, janjalni to‘xtatgan. Voqea guvohlaridan hech kim militsiya chaqirmagan.

    Ertasi kuni Cherkesov tanishlari bilan yana o‘sha pivoxonada yopilgunga qadar o‘tirgan. Ular pivo ichib, lezginkaga raqsga tushgan. Yegor o‘sha kechani “Knyazlar saroyi” restoranida o‘tkazgan. Ertasi kuni Sviridov “Spartak”ning navbatdagi uchrashuvi uchun Yevropaga uchib ketishi kerak bo‘lgan.

    Mudhish kunda Yegorning yonida Sergey Gasparyan, Dmitriy Kornakov, Dmitriy Petrochenko, Dmitriy Filatov va ularning dugonasi Nadejda Minchinskaya bo‘lgan. Cherkesovning sheriklari — Xasan Ibragimov, Artur Arsibiyev, Akay Akayev, Nariman Ismailov va Ramazan Utarbiyev.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Sergey Gasparyanning suddagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, u “Jiguli”ni to‘xtatgan, biroq haydovchi bilan kelisha olmagan. Mashina yo‘lini davom ettirgan bir paytda Sergey Ismailov Petrochekoning oldiga kelib, undan nimadir so‘ragani, keyin yuziga musht tushirganini ko‘rgan.

    Ko‘p o‘tmay barcha janjalga aralashib ketgan. Aslan o‘zining travmatik pistoletidan o‘q uza boshlagan — 12 ta o‘qning biri Gasparyanga tekkan, yigit boshini qo‘li bilan berkitishga ulgurib qolgan xolos. Cherkesov Sviridovga esa ikki marta o‘q uzgan, birinchisi — yaqin masofadan qorniga, ikkinchisi — boshiga. O‘q uning boshini teshib o‘tib, yigitning o‘limiga sabab bo‘lgan.

    Shu kecha janjal joyiga barcha militsiya kuchlari jalb etilgan. “Voqea joyiga 1,5 daqiqadan keyin yetib borganimizda, yerda bir inson yotgani, uning atrofidagilar esa qonga belangan holda turganiga guvoh bo‘ldik”, — deya eslaydi militsiya xodimi Sergey Geoganov.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Aslan Cherkesovning to‘dasi ikkiga bo‘linib qochib ketgan, biroq tez orada ularning olti nafari ham topilgan. Cherkesov, Utarbiyev va Ibragimov yashirinishga uringan, qolganlar esa hech qanaqa janjalni eshitmagani, mashg‘ulotdan kelishayotganini bildirgan. Shunga qaramay, olti nafar gumonlanuvchi militsiya idorasiga olib borilgan.

     

    Manbalarga ko‘ra, huquq-tartibor organi bo‘linmasiga futbol ishqibozlari va diaspora vakillari oqib kelishni boshlagan. Ularning ayrimlarining qo‘lida kuch tuzilmalari xodimlari ekanini bildiruvchi guvohnomalar bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay militsiya idorasini nafaqat Cherkesovning besh nafar sherigi, balki uning o‘zi ham tark etgan.

    Gumonlanuvchilarning ozod etilishicha o‘zini muhim jamoatchilik faoli va inson huquqlari himoyachisi deya tanishtirgan yosh dog‘istonlik yordam bergan. Keyinroq u orqali Cherkesov yana ortga qaytarilgan. Yegorning o‘zini aybdor qilishmoqchi bo‘lishgan, biroq bu ish bermagan. “Vaziyat juda ayanchli edi: militsiya xodimlari ko‘chada turib dog‘istonliklar qarshisida o‘zlarini oqlashga urinardi, ulardan qo‘rqardi”, — deya eslay voqea guvohlaridan biri.

    Yegor Sviridovning o‘limidan keyin eng keskin pozitsiyani “Spartak” jamoasining “Fratriya” birlashmasi egallagan. Ushbu birlashma a’zolari Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastirkinga murojaat qilib, vaziyatni o‘z nazoratiga olishni so‘ragan.

    Sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, 7-dekabrga kelib Golovin prokuraturasi qarshisida yuzlab norozi yoshlar to‘plangan. Millatchilik shiorlari yangray boshlagan. Biroq huquq-tartibot xodimlari futbol ishqibozlariga e’tibor qaratmagan va shunda ular Leningrad shossesini to‘sib qo‘ygan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Keskinlikni kamaytirish uchun, Moskva IIV rahbariyati qo‘yib yuborilgan gumonalnuvchilar qayta olib kelinib, qo‘shimcha tergov o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Norozilik to‘lqinlari ortishni davom etgan. 10-dekabr kuni o‘tkazilgan Sviridovning dafn marosimiga mingga yaqin odam to‘plangan.

    Ibragimov va Ismailov ham o‘shanda qo‘lga olingan, Arsibayev esa ertasi kuni ushlangan. Aynan shu sana Manejdagi keng ko‘lamli tartibsizliklar boshlanishi sifatida tarixga kirgan.

    Yegor Sviridov o‘ldirilgan joyga to‘planish bo‘yicha chaqiriqlarga bu safar yuzlab emas, balki minglab moskvaliklar javob qaytargan. Turli futbol klublarining sharflarini o‘rab olgan insonlar orasida baykerlar, shuningdek, siyosiy partiyalar vakillari ham bor edi. Ko‘plab OAVlarning ma’lum qilishicha, to‘qnashuv “Makdonalds”dan chiqqan o‘smirlarga hujumdan boshlangan. Futbol ishqibozlariga ularning qorachadan kelgan yuzlari yoqmagan. Janjalga “OMON” ham kelib qo‘shilgan.

    Tez orada “OMON”ga chekinish buyurilgan, biroq ortga qaytishga maxsus kuchlarning safi buzilib ketgan va ular guruhlarga ajralib qolgan. Militsiya xodimlari tomon nafaqat urganlar, balki rezina o‘qlar ham uchib kela boshlagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Ommaviy janjallarni to‘xtatish uchun katta shtab tuzilgan, unga butun boshli maktab binosi ajratilgan. Bino devorlariga Manejdagi to‘qnashuvda olingan suratlar ilib tashlangan. O‘rganishlar natijasida ommaviy to‘qnashuvlarning asosiy tashkilotchisi sifatida 14 yoshli Ilya Kurbakov e’lon qilingan. Yigitcha rostdan ham megafon bilan maydonda yurib, barchani norozilikka chaqirgan, shu bilan birga, u jinoyat qilayotganini tushunmagan.

    Manjed maydonida 11-dekabrda sodir bo‘lgan voqealar rasman ommaviy tartibsizlik deya tan olinmagan. Ammo uning faol ishtirokchilariga nisbatan 20 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yegor Sviridovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha Aslan Cherkesovning sheriklari besh yildan ozodlikdan mahrum etilgan. Cherkesovning o‘zi 20 yilga qamalgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Dengiz ustida portlash

    1994-yil 11-noyabr kuni Philippine Airlines aviakompaniyasiga tegishli Maniladan Sebu shahriga uchishga tayyorlanayotgan Boeing 747 samolyoti bortiga Italiya fuqarosi Armado Forlani ko‘tarilgan. Keyinroq uning pasporti soxta bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Samolyot deyarli bo‘sh uchgan — 26 nafar yo‘lovchi va 20 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Bu reysning birinchi qismi bo‘lib, layner Sebudan reja bo‘yicha Tokioga yo‘l olishi kerak edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Italiya fuqarosi niqobi ostida falastinlik terorchi Ramzi Yusuf yashiringan edi. Mazkur parvozdan bir yil oldin u Nyu-Yorkdagi Xalqaro savdo markazida bomba portlatgan — 6 kishi halok bo‘lgan va 1042 kishi jarohat olgandi. Parvoz boshlangach, Armando Forlani o‘zining sovunlar idishi bilan hojatxonaga yo‘l olgan. U yerda suyuq ko‘rinishdagi bombasini yig‘gan. Aralashma kontakt linzalar uchun mo‘ljallangan suyuqlik idishida bo‘lgani bois aeroport xavfsizligi nazoratidan o‘tishda hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Bomba uchun taymer vazifasini esa qo‘l soatlari o‘tagan. Detonator poyabzalning chap poyi poshnasi ichiga yashirilgan edi.

    Hojatxonadan qaytgan terrorchi bombani o‘rindiq ostidagi qutqaruv nimchasi hamyoniga joylashtirgan — bu o‘ng qatordagi 26K o‘rin bo‘lib, yonilg‘i baki yaqinida joylashgandi. Biroq salon konfiguratsiyasiga o‘zgartirish kiritilgani bois bu joy yonilg‘i baki markazidan ikki qator oldinga siljitilgan. Ramzi taymerni bomba 4 soatdan keyin portlaydigan qilib qo‘ygan. Uning hisob-kitoblari bo‘yicha bu vaqtda samolyot Tokio tomon ikkinchi reysini amalga oshirayotgan bo‘lishi kerak edi.

    Sebuda terrorchi va qolgan yo‘lovchilar samolyotdan tushib qolgan. Ularning o‘rniga 256 kishi Tokioga qadar uchish uchun bortga ko‘tarilgan. 26K o‘rnini 24 yoshli yaponiyalik biznesmen Xaruki Ikegami egallagan. Layner 40 daqiqalik kechikish bilan Tokioga parvozini boshlagan.

    Oradan 4 soat o‘tgach, samolyot Yaponiyaning Minamidayto oroli ustidan uchib o‘tayotganiga o‘rindiq ostidagi bomba portlagan. Portlash salonda 0,2 metr kvadratli teshik hosil qilgan, o‘rindiqni parchalab yuborgan va salon shiftidagi bir nechta boshqaruv kabellarini uzib tashlagan. Xaruki Ikegami portlashning butun zarbini o‘ziga qabul qilgani sababli, o‘zi bilmagan holda samolyot germetizatsiyasi buzilishidan saqlab qolgan. Uning tanasini pastki qismi poldagi teshikka tiqilgandi. Yigit undan chiqarib olingan, biroq ikki daqiqa o‘tmasdan u vafot etgan. Shuningdek, portlash yaqinida o‘tirgan 10 kishi jarohat olgandi.

    Portlashdan keyin havo kemasi o‘ngga og‘a boshlagan, biroq uchuvchi tezda uni o‘nglab olgan. Boeing’ning kabellariga yetgan shikast sabab eleronlar ishlamagan. Drossellar yordamida tezlik pasaytirilgan va yonilg‘i to‘kilgan, ekipaj Okinava orolidagi Naxa aeroportida muvaffaqiyatli qo‘nishga erishgan. Terakt oqibatida birgina inson halok bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Ramzi Yusuf 1995-yil 7-fevral kuni Pokistonda Amerikaning 11 ta samolyotiga qarshi terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganida qo‘lga olingan. Natijada u 240 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Filippinga tegishli Boeing ta’mirlanib, undan foydalanish davom ettirilgan. Ikki yildan keyin u yo‘lovchi tashishdan yuk tashishga o‘tgan, 2008-yilga qadar turli kompaniyalar xizmatida bo‘lgan. 2018-yilda esa samolyot metallomga topshirilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

     

    Mavzuga doir: Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr

     

    11.12.2022, 09:30   Izoh (0)   60995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya qidiruvdagi qozog‘istonlik bankirni qochqinlik maqomidan mahrum qildi

    11.12.2022, 09:10

    Rossiya Qozog‘istondagi “millatchilik” va “ekstremizm”ni yo‘q qilishga yordam bermoqchi

    10.12.2022, 23:52

    AQSH Bosfor bo‘g‘ozidagi neftga rozilik berishga tayyor

    10.12.2022, 16:42

    Drezdenda qurollangan shaxs bir guruh odamlarni garovga oldi

    10.12.2022, 16:26

    Belarusga Rossiyadan og‘ir harbiy texnika yetib keldi

    10.12.2022, 16:10

    Putinning qizi Moskva davlat universiteti tibbiyot fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimini egalladi

    10.12.2022, 15:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt olimlarga Injilning Eski Ahdini kim yozganini aniqlashga yordam berdi

    Dunyo | 9 iyun, 20:40

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi ikkinchi partiyasi olib kelindi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 20:26

    Rossiya tashqi ishlar vaziri BMT bosh shtabini Sochiga ko‘chirishni taklif qildi

    Dunyo | 9 iyun, 20:10

    Namangandagi xalqaro gullar festivalida rekord darajada gul savdoga chiqdi. Narxlar qanday?

    O‘zbekiston | 9 iyun, 20:01

    Gollivud yulduzlari qanday atirlarni yaxshi ko‘radi? Mashhurlar tanlagan eng sevimli parfyumeriya brendlari

    Layfstayl | 9 iyun, 19:45

    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

    Reklama | 9 iyun, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.