• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afrikagadan Amerikagacha. Global energiya inqirozi butun dunyoda kuzatilmoqda

    World economic forum nashri global energiya muammolari haqida hisobot e’lon qildi. Unda dunyo mamlakatlari duch kelayotgan energiya muammolari va ularni bartaraf etish uchun amalga oshirilayotgan choralar haqida so‘z yuritiladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Nashr yozishicha, Ispaniyaning Cepsa neft kompaniyasi mamlakat janubidagi Andalusiyada amalga oshiriladigan yashil vodorod loyihasiga 3,1 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. Yashil vodorod yoki qayta tiklanadigan energiyadan ishlab chiqarilgan vodorod og‘ir transportni karbonsizlantirish uchun yechim sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

    Finlyandiya energetika idorasi esa mamlakatda mahalliy ishlab chiqarish va xorijdan import qilishdagi noaniqliklar tufayli elektr energiyasida qisqa uzilishlar xavfi ortganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari milliy tarmoq operatori Fingrid yangi Olkiluoto 3 atom energetikasi reaktorining ishga tushirilish sanasi noma’lumligi sabab bu qishda elektr energiyasidagi ehtimoliy uzilishlari haqida ogohlantirgan.

    Ayni paytda, Fransiyada ham ta’minotning yetarli darajada emasligi qishda elektr energiyasining uzilishiga olib kelishi mumkin. “Vaziyat xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi, ammo elektr uzilishi muqarrar degan xavotirga bormaslik kerak”, — dedi fransuz energiya regulyatori RTE rahbari Ksaver Pechachik.

    Britaniyaning British Gas kompaniyasi joriy yilning qish mavsumida energiyani qisqartirish rejasini ishga tushirmoqda, unga ko‘ra, mijozlar odatdagi iste’moliga nisbatan tejagan elektr energiyasining har bir birligi uchun haq oladi. “Peak Save” deb nomlangan reja 2022-yil dekabridan 2023-yilning martigacha amal qiladi va qishda mijozlarga 100 funt sterling (119,92 dollar) tejash imkonini beradi, deyiladi British Gas bayonotida.

    Quyidagi jadvalda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlarda so‘nggi yillarda energiya narxi inflyatsiyasining qanday o‘zgargani aks etgan.

    Norvegiya, Daniya va Polshadagi gaz tizimlarini bog‘lovchi, Yevropaning energiya ta’minoti xavfsizligini oshiruvchi Boltiqbo‘yi quvuri 30-noyabr kuni to‘liq quvvatda ishlashga o‘tdi, deb xabar beradi Daniyaning Energinet energetika kompaniyasi.

    30-noyabr kuni neft narxi keskin ko‘tarilib, bir barrel uchun 2 dollardan oshib ketdi. Bunga yetkazib berishning qisqarishi, dollar kursining pasayishi va Xitoyda neftga talabning tiklanishiga nekbinlik ko‘rsatilishi kabi omillar sabab bo‘ldi. OPEK+ ning 4-dekabrdagi yig‘ilishida narx oshishini cheklab qo‘yish to‘g‘risida qabul qilingan qaror amalda siyosat o‘zgarishi ehtimoli kamligidan dalolat beradi, dedi Reuters manbalari.

    Germaniya va Norvegiya rahbarlari Shimoliy oqim gaz quvurlari tarmog‘iga hujumlar munosabati bilan 30-noyabr kuni NATOdan Yevropaning dengizosti infratuzilmasini himoya qilishni birgalikda muvofiqlashtirishni so‘ragandi.

    Yevropa Ittifoqining energetika bo‘yicha rahbari 30-noyabr kuni ittifoqning gaz narxlarini cheklash bo‘yicha taklifini himoya qildi va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning noroziligidan keyin mamlakatlar taklifga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muzokara olib borishini aytdi.

    Misr hukumati Birlashgan arab amirliklarining AMEA Power firmasi bilan umumiy quvvati bir gigavattdan (GVt) ortiq bo‘lgan quyosh parki va shamol stansiyasini qurish bo‘yicha 1,1 milliard dollarlik kelishuvni yakunladi.

    AQSH shamol energiyasini ishlab chiqarish va uzoq muddat saqlashda soliq imtiyozlarini joriy qildi

    AQSHning Inflyatsiyani kamaytirish to‘g‘risidagi qonunida (IRA) energiyani saqlash uchun yangi soliq imtiyozlari energiyani uzoq muddatli saqlash (LDES) biznes modelini kuchaytiradi, bu esa energiya tizimi tarkibidan qazib olinadigan yonilg‘ilarni chiqarib tashlash uchun juda muhim ahamiyatga ega.

    IRA shamol va quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlarini o‘n yilga uzaytiradi, ishlab chiqarishni birinchi marta boshlaydigan kompaniyalar esa energiyani yig‘ish, saqlash va shamol loyihalari uchun investitsiya olishda soliq imtiyozlariga (ITC) ega bo‘lishi mumkin. Ilgari ITC’lar faqat quyosh panellarini saqlash uchun berilardi.

    Afrikaning energiyaga o‘tish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun ko‘proq mablag‘ kerak

    Afrikaning toza yonilg‘i va energiya ishlab chiqarishga o‘tishi barcha qiymat zanjiri bo‘ylab investorlar uchun imkoniyatlar yaratadi, biroq loyihalar ko‘proq to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirishni talab qiladi.

    African Rainbow Energy & Power kompaniyasining bosh ijrochi direktori Brayan Damesning ta’kidlashicha, toza energiyaga o‘tish, masalan, Janubiy Afrika respublikasida, katta o‘sish potensialiga ega yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ommaviy birlashtirishni anglatadi.

    Afrikaning eng sanoati rivojlangan mamlakati JAR bu yil rekord darajadagi elektr uzilishlarni boshdan kechirmoqda, chunki mamlakat ishlab chiqarish quvvatining 70 foizdan ortig‘ini (taxminan 58 000 MVt) tashkil etuvchi beqaror ko‘mir elektr stansiyalari talabni qondirish uchun bor kuchi bilan ishlamoqda.

    Qayta tiklanadigan energiya manbalari xalqaro agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib butun dunyo bo‘ylab qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 4,5 milliongacha avtonom ish o‘rni yaratilishi mumkin. Ammo toza energetika sektori kelgusi yillarda haqiqiy talantlar yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki qayta tiklanadigan energiya tajribasiga ega bo‘lgan ishchilarga talabning tez o‘sishi ta’minot bilan mos kelmaydi.

    11.12.2022, 15:51   Izoh (0)   28522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abxaziya bosh vaziri Gruziyada Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” ochishga urinishlar bo‘layotganini aytdi

    11.12.2022, 14:10

    Shols Putinning Ukrainadagi urushda yon berishiga ishonmayapti

    11.12.2022, 13:34

    Serbiya Kosovoga armiya va politsiya kuchlarini joylashtirish uchun NATOdan ruxsat so‘ramoqchi

    11.12.2022, 13:13

    Melitopol o‘qqa tutildi. Ukraina tomoni 200 rossiyalik yo‘q qilinganini aytsa, okkupatsion hukumat tinch aholidan iborat dam olish markazi zarbaga uchraganini da’v...

    11.12.2022, 12:33

    Janubiy Koreya parlamenti Seuldagi tiqilinch sabab ichki ishlar vazirini iste’foga chiqarishni ma’qulladi

    11.12.2022, 11:43

    Rossiya dronlarining hujumidan so‘ng Odessa viloyatida 1,5 mln odam elektrsiz qoldi. Aholidan hududni tark etish so‘ralmoqda

    11.12.2022, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.