• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikalik basketbolchi Brittni Grayner rossiyalik “o‘lim savdogari” Viktor Butga ayirboshlandi

    Abu-Dabi aeroportida Rossiyada sudlangan amerikalik Brittni Graynerni AQSHda jazo o‘tayotgan rossiyalik Viktor Butga ayirboshlashdi. Ayirboshlash jarayonidan avval ularning ikkalasi ham afv etildi, deya ma’lum qildi rossiyalik ombudsmen Tatyana Moskalkova. Shu tariqa, ular o‘z yurtlarida jazoning qolgan muddatini o‘tashi kerak bo‘lmaydi.

    Foto: Reuters/AP Photo

    Foto: Reuters/AP Photo

    Ayirboshlashuv BAA va Saudiya Arabistoni vositachiligida bo‘lib o‘tdi. Rossiya Butni ozod etish uchun AQSH bilan uzoq vaqt davomida muzokaralar olib borgan, biroq Vashington rossiyalikni ayirboshlash sxemasiga kiritishdan bosh tortgan edi, deb ma’lum qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi. O‘z navbatida, Moskalkova qayd etishicha, muzokaralarda prezident Vladimir Putin, TIV va Rossiyaning “taniqli maxsus xizmatlari” bosh rolni o‘ynagan.

    Oq uyning yuqori mansabli amaldori CNN’ga aytishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden vaziyatga “shaxsan jalb etilgan” va ayirboshlashuvni tashkillashtirgan jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lgan.

    Brittni Grayner — zamonamizning eng yaxshi ayol basketbolchilaridan biri. AQSHda u “Feniks Merkuri”, Rossiyada esa UGMK (mamlakat chempionatining ko‘p karra g‘olibi) jamoasida o‘ynagan. Fevralda Grayner Sheremetyevo aeroportida qo‘lga olingandi. Uning yukidan veyp uchun nasha yog‘i topilgan. Avgustda sud uni to‘qqiz yillik koloniyaga hukm qilgan. Tergov izolyatorida o‘tkazilgan vaqtni hisobga olib, u koloniyada bir yil kamroq o‘tirishi kerak edi. Noyabrda Graynerning advokatlari u tergov izolyatoridan koloniyaga ko‘chirilganini ma’lum qilgandi.

    Biznesmen Viktor But AQSHda “o‘lim savdogari” va “qurol-yarog‘ baroni” deb ataladi. Aktyor Nikolas Keyj ishtirokidagi shu nomli filmga aynan uning hayoti asos qilib olingan.

    Sovet armiyasining sobiq harbiy tarjimoni Viktor But 1990-yillarda tadbirkorga aylandi. Qurol bilan savdo qilishdan avval, u gul, mebel va muzlatilgan tovuq go‘shti sotgan. OAVlarga ko‘ra, But qurol-yarog‘ va harbiy aslaha-anjomlarni Afg‘onistonga (ham hukumat qo‘shinlariga, ham toliblarga), Angola va G‘arbiy Afrikadagi isyonchilarga yetkazib bergan. U “Al-Qoida” guruhiga ham turli qurol-yarog‘, shu jumladan, kimyoviy qurol yetkazib berishga aloqadorlikda gumon qilingan.

    2008-yilda Bangkokda Amerika tomoni so‘rovi bilan qo‘lga olingan, u Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (KIQK)ga noqonuniy tarzda qurol yetkazishda ayblangan. Bu guruhni AQSH terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi. Ayblovga asos bo‘lgan bitim Amerika maxsus xizmatlari operatsiyasi natijasi bo‘lgan: ular But bilan muzokaralarda o‘zlarini KIQK vakillari deb tanishtirgan.

    Rossiyalik AQSHga ekstraditsiya qilingan va 2012-yilda 25 yillik qamoqqa hukm qilingan. U bir nechta moddalar bo‘yicha, shu jumladan, terrorchilik tashkilotiga yordam berish maqsadida til biriktirish, pul yuvish va firibgarlikda aybdor deb topildi.

    But o‘z aybini inkor qiladi. Moskva Butning ishini siyosiy tusga ega deb atadi. O‘z navbatida, Manxetten federal okrug sudi sobiq sudyasi Shira Sheyndlin But ustidan bo‘lib o‘tgan suddan keyin bir necha yil o‘tib, rossiyalikka nisbatan hukmni haddan ortiq deb atadi.

    Rossiyada sudlangan yana bir amerikalik Pol Uilan ayirboshlashuv bo‘yicha bitimga kiritilmadi. 2020-yil iyunida Moskva shahar sudi uni josuslikda ayblab, qat’iy rejimdagi koloniyaga 16 yilga hukm qilgan edi (Uilan aybiga iqror bo‘lmagan). Uilan va Graynerni Butga ayirboshlash rejasi Oq uyda 2022-yil boshidan buyon muhokama qilib kelingan, deb yozadi CNN. Uning advokati Vladimir Jerebenkov u koloniyada qolayotganini, biroq uni ayirboshlash masalasi maxsus xizmatlar darajasida muhokama qilinishda davom etayotganini aytdi.

    But Graynerga ayirboshlangach, Bayden xalqqa murojaat bilan chiqib, AQSH Uilan haqida unutmaganini va qaysi amerikalikni uyga qaytarishni tanlamaganini ma’lum qildi. “Rossiya Polning ishiga Britninikidan ko‘ra boshqacharoq yondashadi”, — dedi u va AQSH Uilanni ozod qilish ustida ishlashda davom etishini qo‘shib qo‘ydi.

    CNN’ning Oq uydagi manbasi qayd etishicha, bu AQSH ayni paytda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yagona bitim bo‘lgan. Rossiya tomoni faqat Grayner bilan ayirboshlash bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan. “Shunday tanlov bor edi: Britni yoki hech kim”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Mahbuslar bilan joriy ayirboshlashuv Ukrainada urush boshlanganidan buyon ikkinchisi bo‘ldi. Aprelda AQSHda 20 yilga qamalga rossiyalik Konstantin Yaroshenko Rossiyada to‘qqiz yillik koloniyaga hukm qilingan amerikalik talaba Trevor Ridga almashtirilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiya mahbuslar bilan ayirboshlash bo‘yicha AQSHga javob taklifini kiritdi. Oq uy uni yuzaki va makkorona deb atadi
    • Putin AQSHda giyohvand moddalar kontrabandasi uchun 20 yilga hukm qilingan uchuvchini Rossiya Jamoatchilik palatasiga a’zo qildi

    09.12.2022, 09:41   Izoh (0)   10622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xolokostning asosiy tashkilotchisiga chiqarilgan o‘lim hukmi, “kommunist” xodimlarini ishdan bo‘shatgan General Electric va Gonja stansiyasida uch poyezd to‘qnashu...

    09.12.2022, 09:30

    Gruziyada ISHID yetakchilaridan biri qo‘lga olindi (foto)

    09.12.2022, 08:39

    Gvatemala sobiq prezidenti 16 yilga qamaldi

    09.12.2022, 08:13

    Xitoyda kuzatuv kameralaridan odamni yashira oladigan kiyim ixtiro qilindi (foto)

    09.12.2022, 07:56

    Gretsiya Turkiyaning “takroriy urush tahdidlari”ni qoraladi

    09.12.2022, 07:29

    YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi

    09.12.2022, 02:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning qariyb 93 foizi afg‘onistonliklar bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 11:25

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Real” Gonsalo Garsiya bilan yangi shartnoma imzolaydi

    Sport | 6 avgust, 11:16

    Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 6 avgust, 11:05

    Kinotavsiya: sevib tomosha qilinadigan 7 ta fransuz komediyasi

    Kino | 6 avgust, 10:58

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.