Xitoyda universitet talabalari sun’iy intellektga asoslangan videokuzatuv kameralariga odamni tanimas holga keltiradigan InvisDefense kiyimini ishlab chiqdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Mazkur ixtiro Huawei tomonidan o‘tkazilgan kiberxavfsizlik innovatsiyalari bo‘yicha birinchi tanlovda g‘olib chiqqan. Kamuflyaj kunning istalgan vaqtida ishlaydi va u kuzatuv kameralarining samaradorligini 57 foizga kamaytiradi. Loyiha mualliflari bunday effektga maxsus usul yordamida qo‘llangan naqsh hamda kiyimga o‘rnatilgan issiqlik datchiklari tufayli erishgan.
Ta’kidlanishicha, ixtiro bir tomondan, odamlarning shaxsiy hayotini kuzatishga qarshi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xavfsizlik tizimlarida noqonuniy maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Ishlab chiquvchilar kiyimning bir to‘plamini 500 yuan (71 dollar) ga sotmoqchi. Kelajakda talabalar obyektlar va transport vositalari uchun, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kuzatuv tizimlaridan yashirinish uchun ham xuddi shunday ixtiro yaratmoqchi.
Mavzuga doir: AQSHda eng yangi “ko‘rinmas” bombardimonchi samolyot taqdim etilgandi
Izoh (0)