Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari 3 oydan buyon oylik maoshini olmagani bilan bog‘liq xabar tarqalgandi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vaziyat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i B.Abdullayev hamda YHXX boshlig‘i O.Saidovning nazoratiga olindi. Kechiktirilgan maoshlar bugunning o‘zida xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, oylik maosh to‘lanishi bo‘yicha vazifalarni bajaruvchi xodimlar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Izoh (0)