“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Baxodir Eshmuratov qurilish zavodlariga yetkaziladigan tabiiy gaz aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilayotganini aytdi.
“Havo harorati pasaygan paytda yo‘l, bino-inshootlar qurilishida susayishlar kuzatiladi. Asfalt zavodlariga berilayotgan gaz hajmlari to‘xtatilib, aholi ehtiyojlariga yo‘naltirildi. Xuddi shunday, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilayotgan gaz hajmlari ham aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilmoqda”, — degan “Hududgazta’minot” rahbari.
Baxodir Eshmuratov hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilinganini aytgandi. Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining ish rejimiga o‘zgartirish kiritish, ayrimlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish hisobiga ham ularga yetkaziladigan tabiiy gaz aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)