O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi ko‘magida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining joriy yil 30-noyabridan 3-dekabriga qadar Tomsk viloyati va Oltoy o‘lkasiga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Tashrif davomida To‘ra Bobolovning Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Hududlar rahbarlari muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Surxondaryo va Tomsk viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, investitsiya, turizm, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat hamda mehnat migratsiyasi sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilgan.
Uchrashuv doirasida yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri eksportini tashkil etish, shuningdek, Rossiya tomonidan neft va kimyo, qurilish va yog‘och mahsulotlarini O‘zbekistonga arzon narxlarda yetkazib berilishiga kelishib olingan.
Izoh (0)