Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida daraxt kesilishi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tuman ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan daraxt kesilishi holati yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga borib o‘rganilgan.
O‘rganishlarda holat o‘z tasdig‘ini topib, tumanning “Bo‘ston” MFY hududida fuqaro G‘.Ch. hech qanday ruxsatnomasiz 4 tup eldor qarag‘ayi hamda 2 tup sharq tuya daraxtini tag qismidan qo‘porib tashlagani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 1 million 500 ming so‘m jarima hamda 5 million 700 ming so‘m zarar qo‘llanilgan.
Izoh (0)