• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Vazirlikdagilarning 30 mln so‘m oyligi bir kun ham kechikmaydi, biz esa 3 millionga yetmagan pulimizni oylab kutamiz”. Energetikaning ayrim xodimlari “o‘gay”mi?

    Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftigazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari vazirlikka “o‘gay” xodim ekanini aytmoqda. Ularning bildirishicha, vazirlik 400 nafar xodimining olti oylik maoshini bermay, sarson qilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Kuz-qish mavsumi tayyorgarligi tugadi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti uchun tayyorgarlik ko‘rildi. Yil davomida energetika obyektlarida olib borilgan rekonstruksiya, yangi transformatorlar yoki tortilgan simlar, gaz qurilmalari-yu, trubalarida nazorat bo‘lishi kerak edi. Rostan qog‘ozdagi “ulkan” ishlar amalda bajarilgan. Buni kim nazorat qiladi? Albatta, “O‘zneftigazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari.

    Endi tasavvur qiling, 2 million so‘m oylik oladigan inspektor butun tizimni qanday nazorat qiladi? Bugungi gaz ta’minotidagi va elektr energiyasidagi muammolar qanday vujudga keldi? O‘ylab ko‘rdingizmi? Nazoratchilar qayerga qaradi, degan savol tug‘iladi. Buni Energetika vazirligi vallomatlari hech o‘ylab ko‘rdimi? O‘zlari “otning kallasidek” oylik olsa, bo‘ldi. Bu vallomatlar xodimlari halol va to‘g‘ri ishlashi uchun ularga ish haqqini o‘z vaqtida berish kerakligini yodidan chiqardi. Xodim to‘g‘ri ishlasa, tizimdagi ishlar ham to‘g‘ri bo‘ladi-da, — deydi maoshini ololmayotganini aytgan xodimlardan biri.

    Murojaatchi xodimlarning tushuntirishicha, ularning bir oylik maoshi budjetdan beriladigan pul va vazirlik fondidan beriladigan yo‘lkira, ovqat puli, oylik mukofot va bayram pullaridan iborat.
    “O‘zneftigazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari budjetdan 1,7 milliondan 2 million so‘mgacha maosh olsak, vazirlikdan yo‘lkira, ovqat puli, oylik mukofot va bayram pullarini olamiz. Shunda ham maoshimiz nari borsa 3 million so‘mga yetadi. Eng yomoni may, iyun, iyul, avgust, sentabr, oktabr va mana noyabr oylari uchun ham vazirlikdan bir so‘m ham olganimiz yo‘q. Nega oylik berilmayapti desak, hisob raqamimizda pul yo‘q deyishadi. Lekin vazirlik apparatidagi xodimlar 30 million so‘mlik maoshini bir kun ham kechiktirmay oladi, — deydi murojaatchi xodimlar.
    “Daryo” murojaatchilarning mazkur da’vosiga ko‘ra, Energetika vazirligi mas’ullari bilan bog‘lanib, holatga izoh so‘radi.

    Vazirlik axborot xizmati mas’uli Obidjon Dilmurodovning aytishicha, mazkur muammodan vazirlik mutasaddilarining ham xabari bor.

    Vazirlikda rahbar o‘zgargach, vazirimizning shaxsan o‘zlari bu masalaga e’tibor qaratgan va “O‘zneftigazinspeksiya” hamda “O‘zenergoinspeksiya” xodimlarining bir necha oydan beri to‘planib qolgan maoshlarini hal etishga kirishgan. Dastlab fonddagi mablag‘lardan fevral, mart, aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pullar to‘lab berildi. Erta-indin iyun, iyul, avgust, sentabr, oktabr va noyabr oylarining maoshlari ham to‘lab beriladi, — deydi Obidjon Dilmurodov.
    Vazirlik mas’uli murojaatchi xodimlarning vazirlik apparatidagilar maoshini o‘z vaqtida, oyma-oy olayapti degan gapini inkor etmadi.
    To‘g‘ri, vazirlik apparatidagilarning fond mablag‘laridagi maoshlarida muammo yo‘q, — dedi Obidjon Dilmurodov.
    Vazirlik mas’uli “Daryo” jurnalistining “Vazirlik apparatidagi xodimlar maoshini to‘lashda fondda mablag‘ muammo bo‘lmaydi-yu, ‘O‘zneftigazinspeksiya’ va ‘O‘zenergoinspeksiya’ xodimlari maoshiga kelganda fond mablag‘lari tugab qoladimi”, degan savoliga “Vazirlik apparatidagilar kam, nari borsa 80 kishini tashkil etadi, shu bois bu masalada muammo bo‘lmagan. Bu xodimlarning oylik maoshidagi muammolar ham tez orada hal etiladi”, — deya javob berdi.

    Vazirlikning maoshini ololmayotgan xodimlari esa mas’ulning gapini inkor etib, mart oyi uchun ham to‘liq hisob-kitob qilinmaganini ta’kidlamoqda.

    Sizga may oyini ham hisob-kitob qilganmiz deya ma’lumot berishganini eshitdik, ammo mart oyi ham to‘liq hisob-kitob qilinmagan. Mart oyidagi bayram pullarini haligacha olganimiz yo‘q. Bu muammo yuzasidan shikoyat qilayotganimizni bilishgani uchun, imkon qadar masalani yopti-yopti qilishga urinishmoqda. Qaysi sayt muammoni olib chiqsa ham, shunchaki munosabat berish bilan qutilamiz deyishmoqda, — deydi maoshini ololmayotgan xodimlar.
    Maoshini ololmayotgan xodimlar shuningdek, “Ikki million maosh olamiz, u yo‘l puli bo‘lishdan nariga yaramayapti. Har kuni uyga pulsiz qaytish va bolalar ko‘ziga qarash azob. Ishlasang, ammo mehnating uchun o‘z vaqtida pul olmasang, haqqingni talab qilsang, kim shikoyat qildi deya muammoni hal etish o‘rniga haqiqatni gapirganlarni izlashadi. Topishsa, bahona qilib, ishdan ham haydaydi. Alamlisi, vazirlik xodimlari 30 million so‘mlab maosh oladi, o‘z vaqtida tag‘inam. Lekin qora mehnat qilayotgan xodimlarga arzimagan maoshini ham bermay sarson qilishadi. Shumi adolat?”, — demoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-sonli Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 1-fevraldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi va Energetika vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilgandi. “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtirilgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    28.11.2022, 20:01   Izoh (0)   34517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi

    28.11.2022, 19:59

    O‘zbekistonda 10 oyda 3,5 ming tonna oziq-ovqat mahsuloti iste’molga yaroqsiz deb topildi

    28.11.2022, 19:46

    MIB noqonuniy bo‘shatilgan xodimlarni SSV va Sirdaryo viloyati hokimligiga qayta ishga tiklay olmayapti

    28.11.2022, 19:35

    Qashqadaryoda “KamAZ” “peshexoddan” o‘tayotgan 9 yoshli qizni bosib ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan

    28.11.2022, 18:55

    VietJet Air Vyetnamdan Toshkentga arzon narxlarda reyslarni yo‘lga qo‘yadi

    28.11.2022, 18:10

    O‘zbekistonga dronlarni noqonuniy olib kirgan 21 nafar chet ellik jinoiy javobgarlikka tortildi

    28.11.2022, 17:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.