Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 5-dekabr kuni Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, haydovchi voqea joyidan qochib ketgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 5-dekabr kuni soat 20:00 da Qarshi shahri Nasaf ko‘chasida joylashgan supermarket ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz X.D.ni davlat raqam belgisisiz oq rangli Cobalt urib yuborgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida Cobalt avtomobili hamda haydovchisi topildi. Mazkur YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qarshidagi barcha oq rangli Cobalt mashinalari IIB bo‘limiga olib kelinib, tekshirilayotgani aytilgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)