O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan 400 dan ortiq mahkum afv etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Daryo”ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev afv to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan imzolagan.
Sherzod Asadovning aytishicha, Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor tuzalish yo‘liga qaytgan 400 dan ortiq mahkum afv etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, 7-dekabr kuni prezident xalqqa an’anaviy bayram tabrigi bilan murojaat qiladi.
Prezident matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, prezident yaqin vaqt ichida O‘zbekiston parlamenti va xalqiga Murojaatnoma yo‘llaydi.
Mazkur Murojaatnomadan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlari hamda bir qator muhim islohotlar tashabbuslari o‘rin olgan.
Izoh (0)