O‘zbekistonda ovqat yetkazib berish (dostavka) xizmatlarining narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 3,2 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
2022-yilning noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘zgarmagan.
Noyabrga qadar “dostavka” xizmatlari martda bir oyda 2,4 foizga arzonlashganidan keyin ketma-ket 6 oy qimmatlashgan edi. Narxlar eng ko‘p iyun oyida oshgan — 1,3 foiz.
Tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 3,4 foizga oshgani kuzatilgan.
Avvalroq Toshkentda uylarning ijara narxi bir oyda 50 foizga oshgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)