Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Hisor tog‘ tizmalarida joylashgan “Sanjar” ko‘mir koni kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan joylashtirilgan.
Ko‘mir qazib olish uchun mo‘ljallangan yerning umumiy maydoni 226 gektarni tashkil qiladi.
Auksion qo‘yilgan konning boshlang‘ich bahosi — 4,1 mlrd so‘m. Arizalar 1-dekabr soat 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da o‘tkaziladi.
Avvalroq Toshkent viloyatidagi parranda fabrikasi 35 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)