• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    3800 dollar jarima to‘lagan, YPX xodimiga bo‘ysunmagan va jonli efirda “qo‘lga tushganlar”. Yo‘l harakati qoidalariga rioya etmagani uchun jazolangan san’atkorlar (video)

    Mashina ruliga o‘tirgan inson borki, yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan muloqot qilishiga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu yaxshi. YPX xodimlari sabab, qanchadan-qancha ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olinadi. San’at vakillari ham ba’zida YPX xodimlari bilan ziddiyatga boradi va qoidabuzarliklari uchun jarimaga tortiladi. Quyida ana shunday san’atkorlar haqida so‘z yuritiladi.

    Halima Ibrohimova:  “Topganing o‘ligingga buyursin”

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Komik aktrisa Halima Ibrohimova kamdan-kam hollarda avtomobil boshqaradi. Bu vazifani ko‘p hollarda turmush o‘rtog‘i bajaradi. Ammo yo‘l qoidasini buzish bilan bog‘liq holatlar unda ham bo‘lib turadi. Masalan, o‘tgan yili aktrisa Malibu avtomobilida yo‘l chizig‘ini bosganini videoga olib, IIB ga jo‘natgan insonlardan ranjigani haqidagi videoni Instagram sahifasiga joylagandi.

    Durdona Qurbonova jonli efirda ‘qo‘lga tushdi’

    Foto: Instagram / @durdona_kurbonova

    Foto: Instagram / @durdona_kurbonova

    Aktrisa Durdona Qurbonova o‘z qilmishini oshkor qiladigan haydovchilardan biri. U shu yilning 22-avgust kuni avtomobilni boshqarib, Instagram’ga video joylagan. U suratga olish maydonchasiga shoshilib turgan vaqti mashina boshqara turib rulda pardoz qilishi haqida gapirgan va bu orqali yo‘l qoidalariga amal qilmasligini sezdirib qo‘ygan. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishgan. Aktrisa yo‘ldagi qoidabuzarligi uchun tegishli tartibda jazolangan.

    Osmon Navro‘zov 30 million jarimaga tortildi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qoraqalpog‘istonlik xonanda Osmon Navro‘zov tezlikni oshirish va  jarima to‘lash bo‘yicha hamisha peshqadam. U yil boshidan buyon 30 milliondan ziyodroq jarima to‘laganligi haqida aytib o‘tdi.

    — Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi YPX xodimlari mashinam raqamini yaxshi bilishadi. Ba’zan to‘yga shoshilayotganda tezlikni oshirishga majbur bo‘lamiz. Jarimalarni vaqtida to‘laganim uchun biroz chegirma qilib berishgan. Yo‘qsa, 50 milliondan ortiqroq jarima to‘lashim kerak edi. Uyimizda “qora xat” kelaverganidan keyin dadam mashinamga antiradar o‘rnatib bergan. Shunda ham “qora xat”lar kamaygani yo‘q, — deydi xonanda Osmon Navro‘zov.

    Farruh Raimov: “ ‘Qora xat’ kam keladi”

    Foto: Instagram / @farruxraimov_

    Foto: Instagram / @farruxraimov_

    Xonanda Farruh Raimov tartibli haydovchilardan biri hisoblanadi. U asosan beglilangan yo‘l chiziqlarini bosgani uchun jarima to‘lagani haqida ma’lumot berdi.— Shukrki, uyimizga “qora xat”lar kamdan-kam hollarda keladi. Yaqin orada qachon kelganini ham eslolmayman. Mashina boshqarishni erta boshlaganim uchun yomon haydovchi emasman, — deydi Farruh Raimov.

    Kaniza YPX xodimiga bo‘ysunmadi

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Hamisha shou-shuvlar girdobidagi xonanda Kaniza ham yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan ziddiyatga borgan. Xonandaning YPX xodimi bilan kechgan tortishuvi ham ijtimoiy tarmoqlarga ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Ya’ni xonanda mashinasiga tortilgan tonirovkaning foydalanish muddati o‘tib ketganligi uchun jarimaga tortilgandi.

    Undan keyin esa xonandaning xodimga bo‘ysunmagani uchun xodim tomonidan hujjatlari olib qo‘yilgan video ham tarqalgandi. Xonanda esa unga tuhmat qilishayotgani haqida aytib o‘tgandi.

    Doniyor Qayumovga bloger ekani foyda bermadi

    Foto: Instagram / @doniyorkayumov1

    Foto: Instagram / @doniyorkayumov1

    Instabloger Doniyor Qayumov mashina oynasini noqonuniy tarzda qoraytirgani uchun jarimaga tortilgan. U yo‘l-patrul xizmati xodimlariga bloger ekani va videolarida bu soha vakillariga yon bosishi haqida tushuntirib, jarimani yengillatmoqchi bo‘lgan. Ammo video so‘nggida ko‘rish mumkinki, uning mashinasi jarima maydonchasiga olib borilgan.

    Janob Rasul: “Viloyat yo‘llari talabga javob bermaydi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    YPX xodimlari bilan tez-tez ziddiyatli vaziyatlarga boradigan xonanda Janob Rasulning videosi ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi.

    — Bu soha vakillariga nisbatan hech qanday xusumatim yo‘q. Videoda aytib o‘tganimdek, men ham hamma qatori fuqaroman va qilgan ishim uchun javob beraman. Faqat ba’zida alam qiladigani viloyat yo‘llari talabga javob bermaydi va yo‘l-patrul xizmati xodimlari qoidaga amal qilishni talab qilishadi. Yo‘l chiziqlari tegishli tartibda chizilmagan bo‘lsa haydovchini ayblash ham noto‘g‘ri, — deydi xonanda Janob Rasul.

    Umid Haydarov: “Xalqdan uzr so‘radim”

    “Million” jamoasining sobiq a’zosi Umid Haydarovni ham tartibli haydovchi deb bo‘lmaydi. Uni mashina rulidagi videosi ham ko‘plab bahs-munozalarga sabab bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bu haqda hech qayerda izoh berganim yo‘q. Elning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Har xil gap so‘zlar bo‘lyapti. Kim haq, kim esa nohaqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar shug‘ullanishyapti. Videoni tarqatgan insonning ustidan hech qayerga shikoyat qilganim yo‘q. U oila bilan esa sudda murosaga kelamiz.O‘sha voqeada qilgan xatti-harakatim uchun esa xalqdan uzr so‘radim. Odamlardan iltimosim shuki, ko‘zingiz bilan ko‘rmagan narsaga izoh qoldirishdan tiyilish kerak. Bo‘lmasa bu g‘iybat bo‘lib qoladi. Tanganing ikki tomoni bo‘lganidek, tarqatilgan videoni ko‘rib, bir tomonlama xulosa qilish yaramaydi.

    Jasur Umirov: “3800 AQSH dollari jarima kelgan”

    Xonanda Jasur Umirov bir paytlar svetafor nima ekanligini bilmagani va yo‘l qoidalariga bo‘ysunmagani uchun 3800 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — U paytlari bir kunda 12 tagacha to‘ylarga borardik. Bunday paytda shoshmaslikning iloji yo‘q edi. Haydovchi mashinani “uchirardi”. “Men-ku, to‘ydan 500 AQSH dollari olaman, sen 50 ming so‘m uchun o‘lib ketmoqchimisan?” deb hazillashardim. U paytlari svetafor nima ekanligini bilmasdik, tezligimiz ham katta bo‘lardi. Bir marta 3800 AQSH dollari miqdorida jarima kelgan. Hozir to‘ylar u qadar ko‘p emas. Bitta men emas. Boshqalar ham qoidalarga amal qiladigan bo‘lib qolishgan, — deydi xonanda Jasur Umirov.

    Mavzuga doir:

    • Irqchi, zo‘ravon va qoidabuzar: Gollivudda nomaqbul ishlari uchun qora ro‘yxatga kiritilgan yulduzlar (foto)
    • Tan soqchisining pichoqlanishidan tortib tegajog‘likkacha: to‘ylarda o‘zbekistonlik xonandalar duch keladigan ayanchli va kulgili holatlar
    • Muxlisni siltab tashlagan Shohjahon Jo‘rayev, tomoshabinga tarsaki tushirgan Alisher Uzoqov: San’atkorlarni qanday holatlar asabiylashishga majbur qiladi? (video)

    28.11.2022, 14:36   Izoh (0)   21305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan Burbon saroyidagi Fransiya milliy assambleyasining qadimiy kutubxonasi

    28.11.2022, 14:17

    Kianu Rivz va Vaynona Rayder: 30 yildan beri do‘st bo‘lib kelayotgan maftunkor juftlik hikoyasi

    28.11.2022, 12:53

    Kadr ortida yashiringan sirlar: tomoshabinlar xayoliga ham kelmagan aktyorlik hiylalari

    28.11.2022, 10:54

    Instagram: Yulduz Turdiyevaning turmush o‘rtog‘iga sovg‘asi, unashtirilgan Intizor Tojiboyeva, ehson tarqatgan Bahora Arslonova

    27.11.2022, 22:41

    Kinotavsiya: tashvishlarni bir chetga surib, hayotdan zavqlanishga chorlaydigan filmlar (video)

    27.11.2022, 21:36

    Latte yoki amerikano: Mashhurlar qanday qahvalarni xush ko‘radi?

    27.11.2022, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.