Rossiyaning Mir to‘lov tizimi ishlaydigan to‘qqizta davlatdan oltitasida banklar AQSH tomonidan sanksiyalar tahdidi ostida uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Bloomberg tahlilchilari hozirgi vaziyatni “qulash” va Rossiyaning moliyaviy izolyatsiya sharoitida Visa va Mastercard’ga o‘z muqobilini yaratishga urinishining muvaffaqiyatsizligi deb baholamoqda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya “do‘stona” davlatlar MIR bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganidan hayratda qolgan. Endilikda Markaziy bank boshqa muqobil izlamoqda.
So‘nggi bir necha oy ichida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va Vyetnam banklari MIR orqali tranzaksiyalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Bir qator boshqa davlatlar, xususan, Shri-Lanka AQSHning ikkilamchi sanksiyalariga tushib qolish xavfi tufayli muzokaralar bosqichida MIR bilan ishlashdan bosh tortdi. Turkiya yangi, qo‘shma to‘lov tizimini yaratishni taklif qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash rejalashtirilmayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)