• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 22-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 22-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Britaniya Ukrainaga modernizatsiya qilingan Brimstone raketalarini yetkazib berdi

    Buyuk Britaniya Ukrainaga yuqori aniqlikdagi Brimstone-2 raketalarini yubordi, deb xabar bermoqda The Telegraph. Modernizatsiya qilingan raketalar lazerli mo‘ljalga olish tizimi va avvalgidan ikki marta uzoqroqqa otilishi bilan ajralib turadi. London Kiyevga nechta raketa yuborgani noma’lum. Bitta snaryad narxi 175 ming funt sterlingga baholanmoqda. Parvoz masofasi samolyotdan uchirilganda 60 km, yerdan uchirilganda esa 12 kilometrga teng bo‘ladi.

    Yarim yilcha avval Buyuk Britaniya Ukrainaga Brimstone-1 raketalarini yuborgan edi. Bunday raketalar odatda havodan uchiriladi, biroq Ukraina harbiylari buning uchun modifikatsiya qilingan yuk mashinalaridan foydalanadi.

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak o‘tgan hafta Ukrainaga kelgan edi. Tashrifi chog‘ida u Kiyevga havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarini, shu jumladan, 125 ta zenit qurollarini yetkazishga va vayron bo‘lgan infratuzilmani qayta tiklashda ishtirok etishga va’da bergan edi.

    Rossiya neftini sotib olish bo‘yicha qo‘yiladigan sanksiyalar muddati yaqinlashmoqda

    Hindistonning neftni qayta ishlash korxonalari yangi sanksiyalar kuchga kirishidan oldin Rossiyadan ko‘proq xomashyo sotib olishga intilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

    Boshqa xaridorlar Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli importdan keyin Hindiston Rossiya nefti uchun muhim savdo nuqtasi bo‘ldi. Mamlakat Osiyodagi ikkinchi yirik xom neft importchisi bo‘lib hisoblanadi.

    Hindistondagi kamida to‘rtta kompaniya 5-dekabrga qadar yuklanib, 19-yanvargacha mamlakatga yetib keladigan Rossiya neftini qidirmoqda, — deydi masaladan xabardor odamlar.

    Bu muddat Rossiyaning neft sotuvlari narxini cheklash bo‘yicha AQSH boshchiligidagi chora-tadbirlar doirasida neft xaridlari uchun imtiyozli davrga to‘g‘ri keladi. Narxlarni cheklash 5-dekabr kuni Yevropa Ittifoqining Rossiya dengizidan neft importiga nisbatan sanksiyalari bilan bir qatorda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Bu xomashyo oqimini ushlab turish, lekin Ukrainada urush olib borayotgan Rossiya daromadlarini kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Narx chegarasi esa shu hafta e’lon qilinadi.

    Eronga bosim kuchayib borishi natijasida, Eron Qatardagi jahon chempionatiga hujum qilishi taxmin qilinmoqda

    Isroil harbiy razvedkasi rahbari general-mayor Aaron Xaliva Eron Qatardagi jahon chempionatiga hujum uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda. Tel-Avivda Milliy xavfsizlik tadqiqotlari institutidagi konferensiyada chiqish qilib, Aaron Xaliva Eronni qamrab olgan norozilik namoyishlari “favqulodda o‘ziga xos holatlar” ekanini va “fuqarolar isyoni”ga aylanib ketganini aytdi. “Halok bo‘lganlar soni, milliy ramzlarga hujumlar — bular rejimni juda xavotirga solyapti, ayniqsa, sanksiyalar xalqaro bosim va murakkab iqtisodiy vaziyatni ham hisobga olganda”, — dedi u.

    Xalivaning so‘zlariga ko‘ra, Eronga bosim kuchayib borishi bilan, shu jumladan, ichki bosim, Eronning javobi mintaqada ham, dunyoda ham yanada tajovuzkorroq bo‘lib bormoqda.

    “Men sizga aytay, eronliklar hozir jahon chempionatiga hujum qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Ularni ushlab turgan yagona narsa — Qatarning bunga javoban munosabati”, — deya ogohlantirdi harbiy.

    Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 21-noyabr kuni Iroq Kurdistonidagi “dissident guruhlar” shtab-kvartirasini dron va raketalardan o‘qqa tutgan edi. Ma’lum qilinishicha, qisman vayron bo‘lgan obyektlarni yo‘q qilish uchun Iroqning Kurd muxtoriyatidagi harbiy bazalari nishonga olingan. Eron Iroqda joylashgan kurd jangarilarini mamlakatda tartibsizliklarni qo‘zg‘atganlikda ayblagan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi Tehronning mazkur hujumini qoralagan.

    AQSH va Xitoy mudofaa vazirlari Ukrainadagi mojaro hamda Tayvan masalasini muhokama qildi

    Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan Ukrainadagi harbiy amaliyot va Tayvan atrofidagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

    “Tomonlar xalqaro va mintaqaviy vaziyat, Ukrainadagi inqiroz, Janubiy Xitoy dengizi va Koreya yarim oroli muammosi yuzasidan fikr almashdi”, — deyiladi muassasa xabarida. Pentagon matbuot xizmati esa AQSH ham, Xitoy ham yadro qurolidan foydalanish yoki undan foydalanish bilan tahdid qilishni qoralagani haqida xabar berdi. Lloyd Ostin va Vey Fenxe, shuningdek, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Pekin bunda Tayvanni asosiy mavzu deb atagan.

    “Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe Tayvan masalasi Xitoyning asosiy manfaatlarining o‘zagi va Xitoy—AQSH munosabatlaridagi qizil chiziq ekanini ta’kidladi. Tayvan bu — Xitoy, Tayvan masalasini hal qilish Xitoy xalqining shaxsiy ishi va hech qanday tashqi kuch bunga aralashishga haqli emas”, — deyiladi Xitoy Mudofaa vazirligi bayonotida.

    O‘z navbatida, Ostin AQSHning “Yagona Xitoy” siyosatiga sodiqligini ta’kidladi. “U (Lloyd Ostin) status-kvodagi bir tomonlama o‘zgarishlarni rad etishini ta’kidladi va XXRni Tayvanga qarshi yanada beqarorlashtiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirdi”, — deyiladi Pentagon sayti bayonotida.

    Eslatib o'tamiz, Avgust oyida Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan keyin Pekin va Vashington munosabatlari yomonlashgan edi.

    O'zbekistonda xalq ta'limi va sog'liqni saqlash tizimlarida nega davlat pullari noqonuniy sarflanmoqda?

    Bugun, 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida davlat budjetining 9 oylik ijrosi muhokama qilindi. Majlisda deputat Botir Mardayev moliya vaziri Timur Ishmetovga noqonuniy sarflangan mablag‘lar bo‘yicha savol berdi.

    Davlat mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, budjet qonunchiligini buzish holatlari to‘xtamayapti. Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida tarif razryadlarining noto‘g‘ri qo‘llanishi, ish haqi va moddiy yordam to‘lovlarining ortiqcha to‘lanishi hisobiga 138 milliard so‘mga yaqin xato va kamchiliklar aniqlangan.

    Xalq ta’limi tizimida 47 milliard so‘mga yaqin, sog‘liqni saqlashda 30 milliard so‘m, maktabgacha ta’limda 7 milliard va madaniyat vazirligi tizimida 5,5 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzilishlar aniqlangan.

    Bajarilmagan ishlar va xizmatlarni “bajarildi”, qilib ko‘rsatish, budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobidan o‘rnatilmagan uskunalarni ham “o‘rnatildi”, deb rasmiylashtirish hisobiga 100 milliard so‘mdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bunday holatlarga chek qo‘yish uchun Moliya vazirligi tomonidan qanday choralar ko‘rmoqda”, – deya so‘radi deputat.

    Bunga javoban, Timur Ishmetov budjet mablag‘lari sarflanishi bilan bog‘liq masalani pullarni ishlatayotgan vazirliklarning o‘zidan so‘rash kerakligini aytdi.

    Albatta, bu holatga munosabatimiz salbiy.

    Vazirliklar tomondan budjet mablag‘larini noto‘g‘ri ishlatilishi masalasini hadeb Moliya vazirligidan so‘rayverish noto‘g‘ri. Ko‘proq o‘sha vazirliklardan talab qilish kerak.Hamma vazirlik ustidan qaroqchi bo‘lib turgan bilan ish bitmaydi. Budjet mablag‘larining samarali ishlatilishi o‘sha mablag‘larni taqsimlovchi vazirlikka yuklatilgan. Audit tizimini takomillashtirib, raqamlashtirib boryapmiz. Lekin bu raqamlashtirish, audit tarkibi texnik xato bo‘lmasligi uchun qilinadi.

    Ammo butun vazirlik atayin, “shu smetaga kattaroq pul kiritamiz”, deb maqsad qo‘ygan bo‘lsa, unda nazoratning hech qanaqa foydasi yo‘q. Buning natijasi bo‘yicha o‘sha vazirliklarga tegishli chora ko‘rish kerak deb hisoblaymiz”, – dedi vazir.

    22.11.2022, 23:00   Izoh (0)   16832
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin urushga safarbar qilinganlarning oilasi bilan uchrashadi

    22.11.2022, 22:35

    “Baydenning oilasi 50 ta davlatda biznes yuritmoqchi bo‘lgan” — AQSH kongressmeni

    22.11.2022, 22:27

    Rossiya samolyotlari va suvosti kemalari Shimoliy Amerika yaqinida patrullik qilmoqda

    22.11.2022, 21:09

    “Ukraina urushining kuchayishiga tayyor bo‘lish kerak” — Germaniya kansleri

    22.11.2022, 20:59

    Ukraina va Eron mutaxassislari Rossiya armiyasi Shahed dronlaridan foydalanishini muhokama qildi

    22.11.2022, 20:40

    Shvetsiyada er-xotin Rossiyaga josuslik qilishda ayblanib, hibsga olindi

    22.11.2022, 20:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.