• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘mita nafaqat o‘zbekistonlik ayollar, hukumat uchun ham keraksiz tuzilma”. Jamoatchilik faollari xotin-qizlar qo‘mitasi haqida

    O‘zbekistonda xotin-qizlarga ko‘maklashish, ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollarga yordam berish, shuningdek, gender tenglikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o‘zbekistonlik ayollarga qay darajada yordam bermoqda? “Daryo” nashri bot-bot kun tartibiga chiquvchi, shuningdek, ko‘pchilikni qiziqtirgan mavzuni o‘rganish maqsadida jamoatchilik faollari hamda xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ulini suhbatga chorladi.

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan iqtisodchi-bloger Otabek Bakirovning aytishicha, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi nafaqat o‘zbekistonlik ayollar, hukumat uchun ham eng keraksiz tuzilma hisoblanadi. Blogerning hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur tuzilmaga ajratilayotgan mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri xotin-qizlarning o‘ziga berilsa yoki ularni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Otabek Bakirov.

    Otabek Bakirov.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Xotin-qizlar qo‘mitasi bizga ikkita diktatura — sovet va o‘zimizning eski davr deb ataladigan diktaturadan qolgan meros hisoblanadi. Har bir diktatura ayollar masalasini yechishga harakat qilinmaydi. Ayollar masalasini xaspo‘shlashga urinadi. Xotin-qizlar qo‘mitasi shu tizimning yaqqol ifodasi. Hozir butun dunyoga qaraydigan bo‘lsangiz, agar yaxshilab o‘rganib chiqilsa, aynan xotin-masalasi bilan shug‘ullanadigan vazirlik yo Shimoliy Koreada yoki Turkmanistonda bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlarda bo‘lishini tasavvur qilolmaymiz, — deydi bloger Otabek Bakirov.

    Tabiiyki, blogerning bu gapini Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva keskin rad etdi va qo‘mitaning mavjudligi o‘zbekistonlik ayollar uchun ayni muddao ekanini ta’kidlamoqda.

    Qo‘mita nafaqat o‘zbek xotin-qizlari uchun, o‘zbek oilalari uchun ham, albatta, kerak. Murojaatchi biror bir muammo bilan kelganda muammoni tinglovchi ayol kishi bo‘lishi kerak. Chunki, ayol dardini ayol ko‘proq tushunadi. Qolaversa, ayol muammosini to‘g‘ri kelgan odamga aytolmaydi, — deydi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva.

    Ozoda Parpiboyeva.

    Ozoda Parpiboyeva.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Otabek Bakirov qo‘mitaning tayinli ishi ham yo‘qligini aytmoqda.

    Xotin-qizlar qo‘mitasi qanday masalalarni bajarishi kerak degan savolga javob yo‘q. Normal davlatda bunday qo‘mita bo‘lmasligi kerak. Bu funksiyalarni ijtimoiy-himoya vazirligi bajarishi lozim. Bu to‘g‘risida yuz marta, ming marta gapirildi. O‘zbekistonga eng kerakli vazirlik, ijtimoiy-himoya bilan shug‘ullanuvchi vazirlik. To‘g‘ridan to‘g‘ri, professional shug‘ullanuvchi vazirlik kerak, — deydi u.

    Mazkur masala haqidagi fikrlarini davom ettirgan Otabek Bakirovning aytishicha, qo‘mita tugatilib, ular uchun sarflanayotgan sarf-xarajatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri xotin-qizlarga berilsa eng kamida 10-15 ming uyida o‘tirgan o‘zbekistonlik ayollar bola puli olishga muvaffaq bo‘ladi.

    Bizda ishsiz, uyda o‘tirgan ayollarning yagona daromadi bolalar puli. Deyarli boshqa daromadi yo‘q. Xotin-qizlar qo‘mitasi ayol-qizlar masalasi bilan shug‘ullanganda hukumat oldiga shu muammoni ko‘ndalang qo‘ygan bo‘lardi. Ayollar qashshoqligini isbotlash uchun mahallaga borib sarg‘aymasdi. Ishsizmi ayol, uyida o‘tiribdimi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘siqlardan o‘tmasdan turib unga pul berilishi kerak. Biz ko‘rayotgan, biz eshitayotgan voqealiklardan ham bilsangiz bo‘ladiki, xotin-qizlar qo‘mitasi xotin-qizlar muammosi bilan shug‘ullanish o‘rniga uni yopishga, bildirmaslikka urinadi. Go‘yoki ularning muammolari qanchalik kam gapirilsa, shunchalik yaxshi ishlayotgandek aks etadi, — deydi bloger.

    Sir emaski, ijtimoiy tarmoqlarda deyarli har kuni o‘zbekistonlik ayollardan biri yo zo‘ravonlikka uchragani yoki turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklangani yoxud jamiyatda o‘z o‘rnini topolmayotgani bilan bog‘liq xabarlar, videolar tarqaladi. Shunday paytda mazkur muammolarning jamoatchilik e’tiboriga havola qilinishi va ularning ijobiy yechim topishida xotin-qizlar qo‘mitasining roli qanday?

    Otabek Bakirov.

    Otabek Bakirov.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ayollarning haq-huquqlari buzilayotgani, xo‘rlanayotgani yoki ijtimoiy muammolari bilan bog‘liq biron-bir masalani ko‘raylik. Jamoatchilik bor, ammo xotin-qizlar qo‘mitasi yo‘q. Misol keltirilsa, ayollar masalalari bo‘yicha O‘zbekistondagi muammoni 50 nafar ayol ishlayotgan xotin-qizlar qo‘mitasidan ko‘ra, Aziza Umarova ko‘proq yozadi va ko‘proq gapiradi. Yoki Madina Turdiyevani olaylik, ayollar muammolari, gender tenglik va zo‘ravonliklar bo‘yicha ular ko‘proq masalani ko‘tarib chiqmoqda.

    Men hech kim bu masala bilan shug‘ullanmasin demoqchimasman. Shug‘ullanishi kerak. Lekin bu nodavlat-notijorat tashkilotlarning ishi bo‘lishi kerak. Shu to‘g‘risida hukumatning oldiga vazifa qo‘yadigan odamlar ishi bo‘lishi kerak. Davlat qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lsa, grantlari, donorligi bilan qo‘llab-quvvatlashi kerak, — deydi Otabek Bakirov.Jamoatchilik faoli Shohira Hamro xotin-qizlar qo‘mitasidan ko‘p natija kutmayotganini aytib, ayollar muammosini ayollarga tashlab qo‘yish, jamiyatda zo‘ravonlikka uchragan ayolni himoya qilishni ayollar zimmasiga yuklashning o‘zi xato demoqda.

    Shohira Hamro.

    Shohira Hamro.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Bir ayol o‘ldirilibdi, yana bir ayol bolalari bilan ko‘chada qolibdi, boshqa ayol esa kaltaklanibdi degan xabarlar chiqqanida, izohlarni o‘qisak, hamma xotin-qizlar qo‘mitasi qayerga qarayapti degan gaplarni yozadi. O‘zi ayollarni himoya qilishni ayollarning o‘ziga topshirib qo‘yilishining o‘zi noto‘g‘ri-ku. Ayollarning muammosi erkaklar bilan bog‘liq, jamiyat bilan bog‘liq. Ularni erkak-ayolga bo‘lib, nimanidir hal qilib bo‘ladi deb o‘ylamayman. Hal qilib bo‘lganda, bu paytgacha ko‘p narsaga erishgan bo‘lar edik. Shuning uchun men xotin-qizlar qo‘mitasidan uncha ko‘p narsa kutmayman. Chunki ularning ham oldida o‘zlarining hisobotlari, qilinishi kerak bo‘lgan rejalari, tadbirlari bor. O‘shalarni qilib turishibdi, lekin biz kutgan natijaga hali yetib kelmadik. Balki bu ishga bunaqa qo‘mitalarni ko‘paytirmasdan, samara beradigan boshqa bir ishlarni qilishimiz kerak deb o‘ylayman, — deydi jamoatchilik faoli Shohira Hamro.

    Yodingizda bo‘lsa, 2020-yilning fevralida O‘zbekiston prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatilgandi. 2022-yilning mart oyida ayrim sabablarga ko‘ra, tuzilma qayta shakllantirilib, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi sifatida ish boshladi.

    Qo‘mitaning markaziy apparatida 49 nafar xodim ishlaydi. Undan tashqari har bir viloyatlarimiz va Toshkent shahri, shuningdek Qoraqalpog‘iston respublikasida qo‘mitaning boshqarmalari, 208 ta tuman-shaharda esa bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2022-yilning may oiydan boshlab 9370 ta mahallada xotin-qizlar faollari ish boshladi”, — deydi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva.

    Ozoda Parpiboyevaning aytishicha, qo‘mita joylarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hamkor tashkilotlar bilan ushbu muammolarni “mahallabay”, “xonadonbay” tarzida o‘rganib, joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan.

    Oddiy til bilan aytganda qo‘mita o‘zbek ayolining oila va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan, — deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari.

    “Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning o‘rganishicha, qo‘mitaning Namangan viloyatida 12 ta shtat birligidan iborat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mavjud. Mazkur boshqarmaga hozircha alohida bino ajratilmagan va viloyat Monomarkazidan qo‘nim topgan.

    Boshqarma xodimlari o‘rtacha 3-4 million so‘m maosh oladi. Viloyat hokimi o‘rinbosari maqomi berilgan boshqarma boshlig‘iga xizmat avtomobili sifatida Gentra mashinasi ajratilgan. Namangandagi 14 ta shahar-tumanning har birida Oila va xotin-qizlar bo‘limlari bo‘lib, ularga 3 tadan shtat birligi mavjud. Ushbu bo‘limlar xodimlarining oyligi o‘rtacha 2-3 million so‘mni tashkil qiladi. Shahar-tuman hokimlarining o‘rinbosari maqomidagi bo‘lim boshliqlarining har biriga Nexia-3 mashinasi berilgan.

    Hokim o‘rinbosarlari hisoblanadigan boshqarma va bo‘lim boshliqlarining xizmat avtomobillariga, hokimlik tomonidan haydovchi ajratilgan va yoqilg‘i limiti belgilangan. Shuningdek, Namangandagi 788 ta mahallaning har birida xotin-qizlar faoli shtati bo‘lib, ular hududidagi xonadonlar sonidan kelib chiqib, o‘rtacha 3 million so‘mdan 4 million so‘mgacha maosh oladi. Birgina Namangan viloyatining o‘zida oila va xotin-qizlar tizimida 842 nafar xodim faoliyat olib boradi. Ularga sarflanayotgan xarajatlarni esa yuqoridagi fakt-raqamlardan kelib chiqib, o‘zingiz hisoblab olishingiz mumkin, — deydi Azizbek Abduvaliyev.“Daryo”ning Qoraqalpog‘istondagi vakili Shuhrat Saidahmadovning ma’lumot yig‘ilishicha, respublikada qo‘mitaning 12 shtat birligidan iborat boshqarmasi, 17 ta tuman shahar bo‘limlarida 3 tadan jami 51 shtat birligidagi bo‘limlari mavjud. Shuningdek, 424 ta MFYda shuncha miqdorda xotin-qizlar faoli lavozimi mavjud.

    Yaqinda Surxondaryodagi oilalarning birida bo‘ldim. Qiyin ahvolda yashayotgan oilaning oilaboshisi Toshkentda mashinalarni yuvish bilan shug‘ullanar ekan. Ayoli ikki nafar nogiron bolasi bilan judayam xaroba joyda yashaydi. Unga “ayollar daftari”ga kiritilganidan keyin, uy qurib berilgan. Uyi chiroyli jihozlangan. Hamma narsa yaxshi, lekin u ayol kambag‘allikdan chiqqan emas-da. Bu ayolni kambag‘allar safidan ketdi deb, “ayollar daftari”dan chiqarishgan. Uyiga bitta tikuv mashina ham berishibdi. Biz bitta tikuv mashina berib, 10 ta tovuq berib, ularni boy qilib qo‘yolmaymiz. Bu bilan ish hal bo‘lmaydi. Men aytayotgan muammolar haqida hamma gapiradi, gapirgan. Lekin bugun biz uning yechimlari haqida o‘ylashimiz kerak. Qizlarimizni yangi kasblarga o‘rgatishimiz kerak. Tikuvchilikdan ko‘ra yoshlarimizni texnikaga o‘rgataylik, tez o‘rganadi. Yoki dasturchilik borasida ta’lim beraylik, — deydi Shohira Hamro.

    Shohira Hamro.

    Shohira Hamro.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Otabek Bakirov qo‘mita mas’ullari xotin-qizlar muammosini xaspo‘shlash yoki ovoza qilmaslikka o‘tib olganini, bu ularning asosiy vazifasi bo‘lib qolganini aytmoqda.

    Bizda ko‘pincha ajrimlar masalasida sukut saqlanadi. Ajrimlar masalasi, ayollarga nisbatan zo‘ravonliklar ishlatishga bog‘liq masala. Norasmiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri viloyat, tumanlar kesimida ajrim bo‘yicha limitlar bor. Bu ajrimlar sonini xotin-qizlar qo‘mitasi belgilab beradi. Chunki mukofoti shunga bog‘liq. Qayerda ajrim oshib ketsa, sudya mukofotdan quruq qoladi. Qo‘mitada muammolarni xaspo‘shlash yoki ovoza qilmaslik asosiy funksiyaga aylanib qolgan. Xotin-qizlar muammolar bilan jamoatchilik, ko‘proq nodavlat-notijorat tashkilotlari shug‘ullanishi kerak. Shundagina samara beradi, yechimi bo‘ladi, — deydi bloger Otabek Bakirov.

    Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’uli qo‘mita nafaqat ayollar, erkaklar muammosini ham tinglayotganini aytmoqda.

    Birinchi navbatda oilaning muammosi bu — ayolning muammosi. Chunki oilada erkak bosh bo‘lsa, ayol bo‘yin. Avvallari qo‘mitaga erkaklar murojaat qilmas edi. Hozir oilasida muammosi bor erkaklardan juda ko‘p murojaatlar kelyapti. Ular psixologlar, yuristlar xizmatidan foydalyapti, — deydi mas’ul.

    Ozoda Parpiboyeva.

    Ozoda Parpiboyeva.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Qo‘mita vakilining aytishicha, bugun O‘zbekistondagi xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarning eng asosiylari bu — ularning bandlik masalasi, yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi va ayollar salomatligi hisoblanadi. Otabek Bakirovning nazdida esa ayni kundagi o‘zbek xotin-qizlarini qiynayotgan muammolar boshqa.

    Toshkent shahrida ta’lim va tibbiyot sohasida ko‘p ayollar ishlaydi. O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqqi ham shu sohalarda. Nimaga Toshkent shahriga e’tibor beryapmanki, shaharda yashash darajasi haddan tashqari yuqori. O‘rtacha viloyatlar bilan solishtirganda 2 yoki 2,5 barobar yuqori. Butun dunyoda shunaqa, poytaxt viloyatlarga nisbatan yuqori yuradi va shuning hisobiga poytaxt hududlarida ta’lim va tibbiyot sohasida budjet hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi. O‘zbekiston bo‘yicha Toshkent shahri eng boy budjetga ega, trillionlab ortiqcha daromadga ega shahar hisoblanadi. Lekin ko‘prik qurishga, gul ekishga, obodonlashtirishga pul bor, ayollar masalasiga esa pul yo‘q.

    Vaholanki, maktablar, tibbiyot punktlari faqat ayollardan iborat bo‘lib qoldi. Shuning uchun e’tibor bersangiz poytaxtda tibbiyot sifati pasayib bormoqda. Nega? Sababi professionallar ketyapti. Chunki bu maoshga yashab bo‘lmaydi, normal faoliyat yoki hayot kechirib bo‘lmaydi. Nega xotin-qizlar qo‘mitasi hukumatga shu masalani ko‘ndalang qo‘ymagan?, — deydi bloger.Bugun O‘zbekistondagi yangi tuzilmalardan biri — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarga qay darajada ko‘maklashayotgani haqida jamoatchilik faollari va aynan shu qo‘mita mas’ulining fikrini o‘qidingiz. Xo‘sh, siz bu borada qanday fikrdasiz?

    20.11.2022, 17:17   Izoh (3)   42293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (3)

    Kirish
    1. 5694279900@telegram.org / 21.11.2022, 12:11

      Ўзим ҳам блогер сифатида бунда 3 ой олдин @temirli_daftar (Мурожаатлар ҳаддан ташқари кўпайиб, асосий ишимга таъсир қилганлиги учун мазкур телеграм гуруҳимни ўчириб ташлаганман) телеграм гуруҳини очганимда 300 га яқин ижтимоий ҳимояга муҳтож, ишсиз, боқувчисини йўқотган, ногирон фарзанди мавжуд аёллар ҳар куни саволлар йўллашар эди.

      Ман уларга вақтимга қараб қонуний, асослантирилган жавоб қайтарар эдим. Уларнинг аксарият муаммосини Хотин-қизлар давлат қўмитасига (ишонч телефонларни берганман) йўналтрганимда, ҳеч бирининг муаммоси ҳал этилмаган.

      Шу ойнинг бошида (9 ноябрь куни) @kamtam_savol телеграм гуруҳини юритяпман. Хотин-қизлар саволига иложи борича юридик жавоб беришга ҳаракат қилиб келяпман.

      Javob berish
      • 1367226223@telegram.org 5694279900@telegram.org / 23.11.2022, 06:55

        Оила ва хотин кизлар булими керакли жойда керкли ишларни амалга ошириб келмокда ир кунда канчадан канча фукаролар ушба ташкилотга уз муаммолари билан келишади хатто кексалар нуронийлар хам ижтимоий ахволи огир кексаларни хам мцаммолари кумита билан хал булмокда. Шу ерда урнили савол махалла ва нуронийларни куллаб кувватлаш деган вазирлик нима иш киляпти уларни вазифаси факат дарахт эктириб ободонлаштириш ишарида бош булишми кумита зиммасида факат аеллар эмас бутун бошли оилалар билан ишлаш турибдику канчадан канча оилапр ушбу ташкилот туфайли яраштирилиб бахтли хает кечиряпти. Куриб чикиш керак булса махалла ва нуроний деган вазирликни куриб чикиш керак фукаро билан ишламаса нуронийдари

        Javob berish
    2. 5694279900@telegram.org / 21.11.2022, 11:58

      Ассалому аллайкум daryo.uz, Сизлар томонидан жуда долзарб масала кўтарилган.

      Биз ҳам 27 та ривожланган МДҲ ва Европа давлатларининг вазирлик ва идораларини таҳлил этганимизда Бакиров айтгандек Хотин-қизлар қўмитаси ёки вазирлиги мавжуд эмас.

      Юқоридаги давлатларнинг аксариятида Ижтимоий ҳимоя вазирлиги мавжуд.

      Таклиф: Хотин қизлар қўмитасини вазифаларини тендер (танлов) асосида Ўзбекстондаги 8922 та нодавлат нотижорат ташкилот (ННТ)ларнинг шундан, 331 та Аёллар масаласи, 653 та Ёшлар, 675 таси ногиронлар ҳуқуқини ҳимоя қилиш билан шуғулланувчи ННТларга "Ижтимоий шериклик тўғрисида"ги Қонуннинг 5-моддасига асосан давлат ижтимоий буюртмаси берилса, Давлат бюджетига миллиардлаб иқтисод қилинган бўлар эди.

      Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш вазирлигини ҳам қайта кўриб чиқиш керак. Улар бўйича ҳам кўрсатув тайёрласангиз мақсадга мувофиқ бўлар эди.

      Ишларизга ривож ва омад тилайман!

      Javob berish
      • 1367226223@telegram.org 5694279900@telegram.org / 23.11.2022, 07:00

        Оила ва хотин кизлар булими керакли жойда керкли ишларни амалга ошириб келмокда ир кунда канчадан канча фукаролар ушба ташкилотга уз муаммолари билан келишади хатто кексалар нуронийлар хам ижтимоий ахволи огир кексаларни хам мцаммолари кумита билан хал булмокда. Шу ерда урнили савол махалла ва нуронийларни куллаб кувватлаш деган вазирлик нима иш киляпти уларни вазифаси факат дарахт эктириб ободонлаштириш ишарида бош булишми кумита зиммасида факат аеллар эмас бутун бошли оилалар билан ишлаш турибдику
        канчадан канча оилапр ушбу ташкилот туфайли яраштирилиб бахтли хает кечиряпти. Куриб чикиш керак булса махалла ва нуроний деган вазирликни куриб чикиш керак фукаро билан ишламаса нуронийлар билан шугулланмаса аеллар билан ишлайдиган ташкиот олдин хам булган бундан кейин хам ьулиши керак деб уйлайман

        Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qurilish maydonida qulagan kranni ekspluatatsiya qilish uchun tegishli ruxsat olinmagani ma’lum bo‘ldi

    20.11.2022, 16:30

    Namanganda Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

    20.11.2022, 13:49

    Noto‘g‘ri tanlangan poyabzal qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? Mutaxassis javob berdi

    20.11.2022, 12:50

    Toshkent shahri va ayrim viloyatlarda 21-noyabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    20.11.2022, 12:30

    Toshkentda qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanishi ortidan yetkazilgan 3,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar undirildi

    20.11.2022, 12:16

    O‘zbekistonda so‘nggi bir kecha-kunduzda 81 kishida koronavirus qayd etildi

    20.11.2022, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 21 may, 23:01

    Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

    Sport | 21 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.