Toshkent viloyati Chinoz tumanida tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan sobiq rahbar aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “F-Ph.” MCHJ sobiq rahbari Z.Y. (muqaddam sudlangan) “A.S.” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan 925,2 million so‘mlik dori-darmon vositalarini notanish shaxslarga naqd pulga sotib yuborgani aniqlangan. Z.Y. mazkur mablag‘larni MCHJ hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)