Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Ko‘ksaroy”da Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqdi.
YTTB prezidenti Odil Reno-Basso xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgandi.
Prezident matbuot kotibining xabar qilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va samarali sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
YTTBning davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish borasidagi tajriba va bilimlaridan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-joy kommunal xo‘jalik sohalarida yangi DXSH loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)