2022-yil 18-noyabrdan boshlab Maskat—Namangan—Maskat yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Ummon poytaxtiga reyslar ushbu davlatning Salam Air aviakompaniyasi havo kemalarida haftaning har juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yil noyabr oyi oxirida Sharja—Namangan—Sharja yo‘nalishida ham to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Birlashgan Arab amirliklaridagi ushbu shaharga reyslar Air Arabia aviakompaniyasining A-320 rusumli samolyotida haftaning dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mutasaddilarning bidirishicha, arab davlatlariga aviayo‘nalishlar ko‘payishi Farg‘ona vodiysidan Umra ziyorati, turizm va tadbirkorlik yuzasidan safar qiluvchilar soni ortib borayotgani bilan izohlanmoqda.
Mavzuga doir: Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Izoh (0)