Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2022-yilgi mavsumi yakunlandi.
“Paxtakor” so‘nggi turdagi g‘alaba evaziga 54 ochko bilan musobaqa jadvalini birinchi o‘rinda yakunladi va o‘z tarixidagi 15-chempionlikni qayd etdi.
“Navbahor” 53 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Nasaf” (49) kuchli uchlikka yakun yasadi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, chempion “Paxtakor” va kubok egasi “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasining 2023/24-yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Kumush medal sohibi “Navbahor” va to‘rtinchi o‘rindagi “OKMK” o‘z ishtirokini pley-off bosqichidan boshlaydi.
“Qo‘qon-1912” oxirgi turda mag‘lubiyat uchrab, 13-pog‘onaga tushib ketdi va Pro-Ligaga ravona bo‘ldi. “Lokomotiv” esa 12-o‘ringa ko‘tarildi. “Temiryo‘lchilar” Pro-Liganing uchinchi o‘rin egasi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Avvalroq “Dinamo” so‘nggi o‘rinni olib, quyi ligaga tushib ketgandi.
Izoh (0)