O‘zbekiston vaqti bilan 13-noyabr tongida UFC o‘zining navbatdagi raqamli musobaqasini o‘tkazadi. UFC 281 ning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya va Aleks Pereyra o‘rtasida kechadi.
Yana bir asosiy janglardan birida ayollar minimal vazn toifasi chempioni Kayla Esparsa sobiq chempion Jang Veyliga qarshi oktagonga chiqadi.
Asosiy karddan yengil vazn toifasining top-jangchilar Dastin Porye va Maykl Chendler o‘rtasidagi bellashuv ham joy olgan.
Musobaqa O‘zbekiston vaqti bilan 04:00 da start oladi. Asosiy kard janglari esa 08:00 da boshlanishi reja qilingan.
Asosiy kard:
- Israel Adesanya — Aleks Pereyra
- Karla Esparsa — Jang Veyli
- Dastin Porye — Maykl Chendler
- Frenki Edgar — Kris Gutyerres
- Den Huker — Klaudio Puelyes
- Bred Riddel — Renato Moykano
- Dominik Reyes — Rayan Spann
- Erin Blenchfild — Molli Makkenn
- Andre Petrovski — Vellington Turman
- Mett Frevola — Ottman Azaytar
- Karolina Kovalkevich — Silvana Xuares
- Mayk Trizano — Chxve Shin U
- Xulio Arse — Montel Jekson
- Karlos Ulberg — Nikolae Negumeryanu
Izoh (0)