Daryo

Dastin Porye UFC 281 doirasida kechgan jangda Maykl Chendlerni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi

Yengil vazn toifasi yulduzlari ishtirokidagi jang yakunlandi

1 daqiqa o‘qish34 835 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

AQShning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden’da O‘zbekiston vaqti bilan 13-noyabr tongida UFC 281 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Musobaqaning asosiy kardida promoushen yengil vazn toifasining yorqin vakillari Dastin Porye (29-7) va Maykl Chendler (23-8) o‘zaro to‘qnash keldi.

Birinchi raundda har ikki yakkakurashchi bir-biriga zarbalar yo‘llashda faol bo‘ldi. Raund oxirida Porye raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi, biroq finish uchun vaqt yetmadi.

Ikkinchi raund Chendler faollikni oshirdi va besh daqiqalikning katta qismini parterdagi ustunlik bilan o‘tkazdi. Uchinchi raundda ham Maykl raqibini parter holatiga olib o‘tmoqchi bo‘ldi, biroq Porye qulay vaziyatga ega bo‘ldi va raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, taslim etdi.

Qayd etish kerak, Chendler faoliyatida ilk bor sabmishen tufayli mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa 11 oylik tanaffusdan keyin oktagonga qaytgan Dastin yorqin g‘alabaga erishdi. Porye 2021-yilning dekabrida titul uchun jangda Charlz Oliveyraga yutqazib qo‘ygandi.

Chendler esa UFC’dagi beshinchi jangida uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Maykl bundan avvalgi jangini may oyida Tani Fergyusonga qarshi o‘tkazib, raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar