O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi birinchi uchrashuvni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Uchrashuvda iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik — qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy mexanizmlar va qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz. Samanqand shahrida 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlat tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
Izoh (0)