Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Nexia-2 va Matiz to‘qnashishidan yo‘lovchi vafot etdi.
Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH 9-noyabr kuni soat 14:00 larda 4R-79 Qarshi—Chim—Chiroqchi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining 29-kilometrida yuz bergan.
Haydovchi Nexia-2 Shahrisabz—Qarshi yo‘nalishda boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmagani sababli qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan va pastlikka ag‘darilib ketgan.
Oqibatda Nexia-2 salonida bo‘lgan yo‘lovchi R.A. tan jarohati olib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)