“Barselona” La Liga 14-turi doirasida kechgan “Osasuna”ga qarshi bahsda 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Xavi shogirdlari ortda qolgan 14 o‘yinda 37 ochko to‘pladi. “Barselona” shu vaqtga qadar faqat 2012/13 va 2013/14-yilgi mavsumlarda bundan yaxshiroq natijaga erishgan. O‘shanda katalonlar 14 o‘yinda 40 ochko to‘plashga erishgandi.
2010/11-yilgi mavsumda esa “Barselona” La Liga 14-turdan keyin 37 ochkoga ega bo‘lgandi.
Shu tariqa “Barselona” qishki tanaffusga musobaqa peshqadami sifatida yo‘l oldi. Jamoa 37 ochkoga ega.
Izoh (0)