Amerikaning Fenway Sports Group (FSG) kompaniyasi “Liverpul” futbol klubini sotuvga qo‘ydi.
The Athletic xabariga ko‘ra, klub haqiqatda sotiladimi yoki yo‘q noma’lum, biroq FSG takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kompaniya klub haqida ma’lumotlar jamlangan videotaqdimotni tayyorlab qo‘ygan va uni potensial xaridorlarga yuborishga tayyor. Kelishuvni amalga oshirishda Goldman Sachs va Morgan Stanley banklari yordam beradi.
Xabarlarga ko‘ra, Yevropa Superligasi g‘oyasining barbor bo‘lishi va “Chelsi”ning 4,25 milliard funtga sotilgani FSG kompaniyasining shu qarorga kelishi sabab bo‘lgan. Kompaniya “Liverpul” sotuvidan 4 milliard funt ishlab olishni mo‘ljal qilgan.
FSG “Liverpul”ni 2010-yilning oktabrida 300 million funtga sotib olgandi. Ushbu ta’sischi boshqaruvi ostida jamoaga Yurgen Klopp olib kelindi, klub esa 30 yil deganda ilk bor Angliya chempioniga aylandi, shuningdek, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi va Liga Kubogida bosh sovringa ega chiqdi.
Kompaniya “Enfild”da qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Ishlar kelasi yilning yoziga qadar tugashi aytilmoqda. Ta’mirlash natijasida stadion sig‘imi 61 minggacha yetadi. Bundan tashqari FSG davrida “Liverpul” yangi bazaga ega bo‘ldi.
Izoh (0)