• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    Valyuta: turlari, ishlatilishi, ayirboshlash usullari va dunyodagi eng qimmat pul birliklari

    Valyuta — davlatning pul birligi bo‘lib, pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. U muomaladagi qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib, tovarlar qiymatining o‘lchovi, hisoblash va to‘lash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

    Foto: Labsnews

    Foto: Labsnews

    Ular qanday ishlatiladi?

    Har bir mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega. Ayni paytda yer yuzida 250 dan ziyod davlat bor. Ulardan 195 tasi mustaqil mamlakatlar, qolganlari esa noaniq yoki maxsus maqomga ega. Dunyoda 160 ga yaqin valyuta mavjud.

    Valyuta konversiyasi — bir mamlakat valyutasini boshqa davlat valyutasiga ayirboshlashdir. Ushbu ayirboshlash boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-sotiq qilish va xorijiy onlayn do‘konlardan tovarlar sotib olish imkonini beradi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Valyuta ayirboshlash to‘lovlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi banklarning kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash uchun komissiya olinishi mumkin. Chet el valyutasida to‘lovni amalga oshirishdan oldin, ayirboshlash kursi hamda komission to‘lovlarga aniqlik kiritish kerak.

    Emitentga qarab (valyutani muomalaga chiqaruvchi):

    • Milliy valyuta — muayyan davlatning valyutasidir (so‘m, dollar, yevro, rubl va boshqalar). Mazkur davlat hududida foydalanish maqsadida Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi;
    • Xorijiy valyuta — xorijiy davlatlarda muomalada bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan valyutalar, shuningdek, kreditlash va to‘lovlarni amalga oshirish vositalari (banknotalar, g‘azna biletlari, tangalar, cheklar, veksellar);
    • Jamoaviy valyuta — bu ma’lum bir davlatlar guruhi va xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan valyutadir.

    Jamoaviy valyutaga misol: 1999-yilning 1-yanvarida Yevropa Ittifoqi davlatlari yagona valyuta — yevroni naqdsiz shaklda, 2002-yilning 1-yanvaridan esa banknotalar va tangalar ko‘rinishida muomalaga kiritgan.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Qanday turdagi konvertatsiya mavjud:

    Erkin konvertatsiya bo‘ladigan — boshqa valyutalarga almashtirish jarayonida hech qanday cheklovlar mavjud bo‘lmagan valyuta.

    Bu kabi valyutalarga egalik qiluvchi davlatlar ushbu valyutalar bilan amaliyotlarni bajarishga hech qanday to‘siqlar qo‘ymaydi. Bunday valyutalarga AQSH dollari, yevro, Shveysariya franki, Britaniya funti, Yaponiya iyenasi va boshqalar kiradi.

    Konvertatsiya bo‘lmaydigan valyuta — mamlakat hukumati tomonidan valyutalarni sotish va sotib olishga yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar o‘rnatilgan bo‘ladi.

    Bu Shimoliy Koreya voni va Kuba pesolaridir. Bunday pullar muomalasiga faqat mamlakat ichida ruxsat etiladi.

    Qisman konvertatsiya bo‘ladigan valyuta — bular emitent mamlakatdan tashqarida muomalasi cheklangan milliy banknotalardir.

    Masalan, O‘zbekistonda so‘m qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Mamlakat tashqarisida esa so‘mni ayirboshlash bo‘yicha cheklovlar mavjud bo‘lib, faqat ayrim xorijiy valyutalarga ayirboshlanishi mumkin.

    Misol uchun, bir kishi Malayziyaga safar qilmoqchi va uning Malayziya ringitiga almashtirmoqchi bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘zbek so‘mi bor, lekin Malayziyaning valyutasi kamyob valyuta bo‘lib, uni banklarda sotib olish imkoniyati yo‘q.

    Foto: Swedish Nomad

    Foto: Swedish Nomad

    Buning uchun o‘zbek so‘mini, masalan, AQSH dollariga almashtirish kerak. Malayziyaga kelgach, erkin almashtiriladigan valyuta bo‘lgan dollarlarni Malayziya ringitiga bemalol almashtirish mumkin. Bu holat qisman konvertatsiya qilinadigan valyutalarni ayirboshlashga misol bo‘la oladi.

    Valyuta kotirovkasi nima?

    Kotirovka — bu xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi. Bir valyuta birligining boshqasiga nisbatan kursi bevosita aniqlanmagan taqdirda, talab va taklifga muvofiq birjada kotirovka kross-kurs orqali aniqlanadi.

    Kross-kurs nima?

    Kross-kurs — bu ikki valyuta qiymatining o‘zaro nisbati bo‘lib, ularning uchinchi valyutaga nisbatan kurslari orqali aniqlanadi.

    Amalda, kross-kursni hisoblash quyidagicha bo‘ladi:

    Masalan, Xorvatiya kunasining o‘zbek so‘miga nisbatan kursini bilmoqchimiz. O‘zbekiston banki kuna qiymatini belgilamaydi, shuning uchun kross-kursdan foydalanish kerak.

    Xorvatiya milliy banki kunaning dollarga nisbatan kursini, O‘zbekiston banki esa o‘z navbatida so‘mning dollarga nisbatan kursini o‘rnatadi. Ushbu kurslarni bir biriga bo‘lish orqali, kunaning so‘mga nisbatan kursini aniqlash mumkin.

    Foto: Total Croatia

    Foto: Total Croatia

    Masalan, 18.03.2020 yil holatiga dollarning so‘mga nisbatan kursi 9520.34 so‘m hamda dollarning kunaga nisbatan kursi 6.97 kuna bo‘lgan. Shu kuni kunaning so‘mga nisbatan qiymati quyidagicha bo‘lgan: 9520,34 / 6,97 = 1365,90 HRK/UZS

    Bretton-Vuds tizimidan oldin (valyutalar kurslarini AQSH dollariga bog‘lash), “Oltin standart” tizimidan foydalanilgan, u tarixda ikki marotaba amal qilgan (1880—1914 va 1925—1931 gacha).

    “Oltin standart” tizimi — davlatlar tomonidan milliy valyutalarni rasmiy ravishda oltinga bog‘lashga asoslangan xalqaro valyuta tizimi bo‘lib, bunda Markaziy banklar milliy valyutalarni oltinga ayirboshlash orqali sotib olish va sotish majburiyatini olgan.

    1971—1978 yillarda Bretton-Vuds tizimi o‘rnini erkin valyuta savdosiga (erkin valyutalar konvertatsiyasi) asoslangan Yamayka valyuta tizimi egalladi.

    Valyuta kodi — bu dunyodagi valyutalar uchun umumiy qabul qilingan belgi bo‘lib, u uchta harfdan iborat bo‘ladi. Bu valyutalarni matnlar va elektron tabloidlarda qisqa va aniq aks ettirishni osonlashtiradi.

    Dunyodagi eng qimmat valyuta — Kuvayt dinori

    Foto: Continental currency exchange

    Foto: Continental currency exchange
    Valyuta kodi — KWD.

    Kuvayt — katta boylikka ega bo‘lgan kichik mamlakat. Valyutasining yuqori qiymati neft mahsulotlarining jahon bozoriga sezilarli darajada eksport qilinishi bilan izohlanadi.

    Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan valyuta — AQSH dollari

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Valyuta kodi – USD.

    Amerikaning jahon bozorida yetakchiligi tufayli uning valyutasi "jahon zaxira valyutasi" unvoniga erishdi. Boshqa so‘z bilan aytganda, dunyoning istalgan burchagida AQSH dollarini ishlatsangiz bo‘ladi va uni qabul qilishadi.

    Dunyodagi eng qadimgi va hali ham ishlatiladigan valyuta — Funt sterling

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

    Valyuta kodi – GBP.

    Maqolani tayyorlashda Markaziy bankning FinLit saytidagi ma’lumotlardan foydalanilgan.

    Avvalroq dunyodagi eng ommabop valyutalar reytingi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

    06.11.2022, 23:26   Izoh (0)   58595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan banklar soni 13 taga yetdi

    05.11.2022, 21:09

    Angliya banki bazaviy stavkasini rekord darajada oshirdi

    03.11.2022, 20:53

    O‘zbekistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash rejalashtirilmayapti

    03.11.2022, 17:00

    AQSH Federal rezerv tizimi ketma-ket to‘rtinchi marta bazaviy stavkani 0,75 foizga oshirdi

    03.11.2022, 01:19

    O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori yana ko‘paya boshladi

    02.11.2022, 21:25

    Yil boshidan beri UzAuto Motors foydasi 2 trln so‘mga yaqinlashdi

    02.11.2022, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.