O‘zbekistonga Johnson& Johnson vaksinasining yangi partiyasi olib kelindi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
5-noyabr kuni koronavirusga qarshi emlash uchun 583 200 doza Johnson& Johnson vaksinasi keltirilgan. 31-oktabr kuni ushbu vaksinaning 419 950 dozalik partiyasi olib kelingandi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash ishlari tizimli ravishda boshlanganiga bir yarim yildan oshdi. Bu davrda 71,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi.
Johnson& Johnson O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi qo‘llanilayotgan sakkizinchi turdagi vaksinadir.
Izoh (0)