• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ichki bozorni rivojlantirib, tashqi qarz olishni kamaytiramiz”. Moliya vaziri o‘rinbosari bilan suhbat

    Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum doirasida “Daryo” muxbiriga intervyu berdi. Suhbatda davlat tashqi qarzini boshqarish siyosatining bugungi holati, ichki bozorni rivojlantirish va qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida so‘z bordi.

    “Dunyoda foizlar oshyapti”

    Federal rezerv yoki Yevropa markaziy bankining foizlarni oshirishi bu global inflyatsion holatga bog‘liq bo‘lmoqda. Hozir dunyoda inflyatsiya darajasi juda ham yuqori. Shu tufayli stavkalar oshishi tabiiy hisoblanadi. Ammo bu rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun ijobiy holat emas.

    Bizning 2022-yilda kreditlarni (davlat tashki qarzlari) asosan, xalqaro moliya institutlaridan, jumladan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalardan jalb qilyapmiz. Yaxshi tarafi ularda stavkalar juda ham past bo‘ladi.

    Davlat qarzini boshqarish siyosatini yuritish va kreditlarni jalb qilishda turli ssenariylarni inobatga olish kerak. Davlat qarzini boshqarish strategiyamizda buni hisobga olganmiz. Stavkalar yuqori bo‘lishini kutgan edik deya olmayman, lekin bu narsaga tayyorgarligimiz yuqori edi. Forumning birinchi kunida ko‘plab moliyaviy tashkilotlar bilan tashqi qarz bitimlari imzolandi. Ammo tashqi kreditlarga hech qanday garov qo‘yilmagan.

    Odilbek Isoqov

    Odilbek Isoqov
    Foto: “Daryo”

    “Ichki bozorni rivojlantirib, kredit olishni kamaytiramiz”

    Hozirda davlat kreditlari budjet qonunida ko‘rsatilgan miqdorda jalb qilinmoqda. Bu yil 2 milliard dollar tashqi qarz investitsiya loyihalariga, 2,5 milliard dollarlik qarzlar budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilmoqda.

    Bundan tashqari, ichki bozorimizni ham qo‘llab-quvvatlayapmiz. Ichki bozorni rivojlantirib, bora-bora tashqi qarzni kamaytirish ishlari bizning strategiyamizga juda mos. Va buni amalga oshirish ustida ishlayapmiz. Xalqaro valyuta jamg‘armasi bizning bu sohadagi faoliyatimizni tahlil qildi. Jamg‘arma 2023-yilda ichki bozorni rivojlantirishdagi ayrim kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha bizga grant ajratdi. Keyingi yildan bu kamchiliklarni to‘g‘rilashga o‘tamiz.

    “Qimmatli qog‘ozlar ko‘proq chiqariladi”

    Foiz stavkalarining boshqa mamlakatlarda oshib borishiga qaramay, ichki bozorimizda yaxshi bir tendensiya ketmoqda. Bu yil davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarish hajmini oshiramiz. Ya’ni 9 trillion so‘mlik qimmatli qog‘ozlar chiqarmoqchimiz. O‘tgan yili 5 trillion so‘mdan kamroq chiqarilgan edi. Bu yil 10 yillik davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqardik.

    Qolaversa, O‘zbekiston tarixida birinchi marta inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqardik. Ya’ni inflyatsiyaga qarab qimmatli qog‘ozlar narxi oshadi yoki pasayib turadi.

    Stavkalar oshyapti, chet elda qimmatli qog‘oz bozorlari notinch. Bizning asosiy e’tiborimiz hozir ichki bozorga bo‘lmoqda. Hamkorlarimiz bu bozorni rivojlantirishga yordam berishga tayyor. Katta fondlar o‘zbek so‘mida obligatsiyalarni sotib olmoqchi. Lekin “ko‘prigimiz” hali tayyor emas.

    Bugungi kunda 9 ta bank bilan birlamchi dilerlik shartnomalarini imzoladik. Bu bozorni imkon qadar professionallashtirishga intilish degani. Hozir 30 ta bank bo‘lsa, ularda professionallik turlicha. Dilerlikda esa talablar bor va ularni bajarish orqali tajriba oshib boradi.

    04.11.2022, 23:31   Izoh (0)   15273
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura maktab o‘quvchisini kaltaklagan deputat voqeasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi

    04.11.2022, 23:15

    Senat saytiga xakerlik hujumini 14 yoshli o‘smirlar uyushtirgani ma’lum bo‘ldi (video)

    04.11.2022, 23:02

    Bu birinchisi: o‘zbek xirurgiyasi tarixida ilk bor bir paytning o‘zida yurak va buyrakda operatsiya o‘tkazildi

    04.11.2022, 22:45

    Namangan viloyatida 2–3 ballik zilzila sodir bo‘ldi

    04.11.2022, 21:48

    “Kechki dasturxonda Samarqand hokimi ham Vazirlar Kengashi raisi ham ishtirok etmagan”. Qoraqalpog‘istondagi mehmondorchilikka izoh berildi

    04.11.2022, 19:51

    BMT Butunjahon sayyohlik tashkilotining navbatdagi sessiyasi 2023-yilda Samarqandda o‘tkaziladi

    04.11.2022, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.