Qozog‘istonda 5-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:08 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkentdan 41 kilometr shimoliy-g‘arbda kuzatilgan zilzila o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Toshkent shahrida 4 ball,
- Toshkent viloyatida 3 ball,
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ballni tashkil etgan.
Izoh (0)