“Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan Buxoroga uchgan samolyoti tuman sababli Navoiyga yo‘naltirildi.
“Novosti Tashkentskogo neba” Telegram-kanalining xabar qilishicha, ushbu aviakompaniyaning 5-noyabr kuni Sheremetyevo aeroportidan Buxoroga uchgan SU1876 reysi aeroportga qo‘na olmay, Navoiyga yo‘naltirilgan.
Bunga noqulay ob-havo sharoiti — tuman sababli ko‘ruvchanlikning cheklangani sabab bo‘lgan. “O‘zgidromet” 5-noyabr kuni qator hududlarda tuman tushinishini prognoz qilgandi.
Izoh (0)