• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Osmondagi bolalar” filmidagi Xurshid darsga bormaslik uchun kasting topshirgani, avtohalokatga uchragani va metall biznesi haqida (video)

    Mahoratli rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan “Osmondagi bolalar” filmi o‘z davrining eng kassabop kartinalaridan biri bo‘lgan. Film tomoshabinlar qalbidan joy olgani uchun ham undagi qahramonlarning bari tomoshabinlar uchun qadrdon bo‘lib qolgan. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova filmda Xurshid rolini ijro etgan Davron G‘ulomov bilan bog‘landi. U tasodif sabab kino olamiga kirib kelgani va bugungi oilaviy sharoiti haqida so‘zlab berdi.

    “Darsdan qochish uchun kastingga borgandim”

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    Foto: Facebook / Zulfikar Musakov

    — 1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilganman. Bolalikdan sho‘x, o‘yinqaroq yigit edim. Kinoga tushish xayolimga ham kelmagan. Chunki oilamizda san’atkorlar yo‘q. Mirobod tumanidagi 328-maktabga o‘qib yurganimda kinokasting bo‘layotgani haqida eshitib qoldik. Zulfiqor Musoqovning Alfiya ismli yordamchisi unga taklif etgan. Kastingga borsak, darslarga kirmaymiz, degan xayol bilan sinfdoshim bilan kastingga borganmiz. Kastingga 100 dan ortiq bola kelganda ham unda qatnashish niyatimiz bo‘lmagan. Darsga bormay, shu yerda vaqt o‘tkazishni ko‘zlagandik. Kasting topshirayotgan bolalarning ustidan kulib o‘tirganimizda Zulfiqor akaga oldiga chaqirib, rosa tanbeh bergandi. Keyin kastingning ikkinchi bosqichiga o‘tganimni aytishdi. Kinoga taklif etilgunimga qadar film nima haqida ekanligini ham bilmaganman. Keyin bilsam, Zulfiqor aka kasting topshirishga borganimdayoq meni kuzatishni boshlagan ekan.

    “Xurshid menga umuman o‘xshamaydi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Suratga olish ishlari juda qiziq kechgan. Chunki jamoa haqiqatan ham juda zo‘r edi. Zulfiqor aka jiddiy ko‘ringani bilan hazilkash va quvnoq inson ekanligini o‘shanda bilgandim. Film bolalar uchun bo‘lgani sabab ham istalgancha sho‘xlik qilishimizga ruxsat berardi. Bunday qilish mumkin emas, deganini eshitmaganman. Ssenariyni birinchi marta o‘qib ko‘rganimda buni qilolmasam kerak, deb o‘ylaganman. Chunki bolaligimda juda sho‘x va o‘yinqaroq edim. Xurshidda esa butunlay o‘zgacha xarakter. Ammo Zulfiqor akaning yordami bilan rolga kirishim oson bo‘lgan. Film namoyishiga ko‘p borardim. Bosh kiyimni bostirib, odamlarni kuzatib o‘tirishni yaxshi ko‘rardim. Hatto bir-ikki marta tomoshabinlarning men haqimdagi fikrlarini eshitib, jahlim chiqqan. “Ichida bitta qo‘rqog‘i shu bola ekan-da”, deyishganda o‘rnimdan shart turib “Aka, indamay kinoni ko‘ring”, deganman.

    “Qo‘limdagi odam skeleti...”

    — Suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Masalan, filmning ikkinchi qismida Xurshidning ko‘chada odam skeletini ko‘tarib yurish sahnasi bor. Kamera ko‘chaning bir chekkasiga o‘rnatilgan va roldagi kursdoshim bilan mashina yo‘ldan o‘tishimiz kerak edi. Kamerani ko‘rmagan odamlar dakki ham berishgan, ba’zilar ustimdan kulishgan. Boshqa sahnada esa Zulfiqor aka epizod tabiiy chiqishi kerak, deb bizga nos ham chektirgan. Boshqalarni bilmadim-u, o‘sha sahna sabab bir umr bu jirkanch narsani chekmaslikka qaror qilganman. Boshqa rejissorlar qanday bilmadim-u, ammo Zulfiqor akada odamiylik va insonni tushunish bor. Bular yosh, deb bizdan alohida ovqatlanmasdi, suhbatimizga qo‘shilganida ham tezda til topishib ketardi. Shuning uchun noprofessional aktyorlar jamlangan film mashhurlikka erishgandir.

    “Film sabab ko‘p muammolar hal bo‘lgan”

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    — “Osmondagi bolalar” filmidan keyin juda ko‘p rejissorlardan takliflar olganman. Hatto bir filmning kastingiga ham borib kelgandim. Ammo u yerda Zulfiqor akaning jamoasidagi muhitni topolmadim. Vaqtida takliflar juda ko‘p bo‘lgan. Bora-bora kamayib, hozir umuman taklif qilishmaydi. Aktyorlikka qiziqmaganim uchun ham bu sohadan ketishni istamadim. Ammo odamlar haligacha rolimni eslashlaridan quvonaman. Film sabab juda ko‘p joyda muammomni osongina hal qilganman. Chunki “Osmondagi bolalar”ning muxlislari juda ko‘p.

    Davron G‘ulomov yuzidagi chandiqlar nima sababdan paydo bo‘lgani haqida ham ochiqladi.

    — 2009-yil kechasi harakatlanayotganda avtofalokatga uchradim. Jiddiy jarohat olganman, bir o‘limdan qolganman, desam ham bo‘ladi. Ancha vaqt ishlamay davolanishimga to‘g‘ri keldi. Falokat oyoq ostida deganlari shu ekan, o‘sha paytda nima bo‘lganini ham anglolmay qoldim. Peshonam va qovog‘im ustidagi chandiqlar undan esdalik bo‘lib qoldi, — deydi Davron G‘ulomov.

    “Tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman”

    Foto: Instagram / @davron.gulyamov

    Foto: Instagram / @davron.gulyamov

    — Aktyor bo‘lmaganimdan hech qachon afsuslanmayman. “Osmondagi bolalar” filmi bolaligim bilan bog‘liq shirin xotira bo‘lib qoldi. Bolalik deganda ko‘z oldimga film bilan bog‘liq voqealar keladi. Ishonamanki, undagi ishtirokimdan farzandlarim ham, nabiralarim ham faxrlanib yurishadi. Ayni kunlarda metall savdosi bilan shug‘ullanaman. Faoliyatimning bir qismi tadbirkorlik bilan bog‘liq. Shukrki, oilaliman. Ota-onam va opam birga yashardik. Undan keyin Umida ismli qizga uylandim. Hozirda Latofat va E’zoza ismli shiringina qizaloqlarim bor.

    Mavzuga doir:

    • Farzandsiz Xurshid, Baxtiyorga turmushga chiqqan Lola va uch egizagi chempion bo‘lgan Javohir. “Osmondagi bolalar-3” filmining suratga olish jarayonidan reportaj (video)
    • “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)
    • “Osmondagi bolalar”dagi Xurshid nima sababdan kinolarda boshqa suratga tushmaganiga oydinlik kiritdi (video)
    • “Osmondagi bolalar”da “Emmanuel” filmini tomosha qilish jarayoni qanday suratga olingan? (video)

    05.11.2022, 19:37   Izoh (0)   24698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kivanch Tatlitug‘: basketbolchi, model va dunyoga mashhur turk aktyorining muvaffaqiyat yo‘li

    05.11.2022, 14:43

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab folloverlari bo‘lgan eng mashhur 10 nafar yulduz

    05.11.2022, 13:44

    Juliya Roberts, Jennifer Eniston va boshqa Gollivud yulduzlaridan go‘zallik bo‘yicha layfxaklar

    05.11.2022, 10:32

    Instagram: Ruxshonaga Malibu sovg‘a qilishdi, Munisa Rizayevadan yangi klip, Umraga yo‘l olgan Muqaddas va Yigitali

    04.11.2022, 22:30

    “Hozir mamlakatim ham Ukrainani, ham o‘zini barbod qilmoqda” — Zemfira Londondagi konsertida urushga qarshi chiqish qildi (video)

    04.11.2022, 18:38

    Selena Gomes, Emma Uotson, Kristen Styuart: Tomoshabinlar o‘ylaganidek iste’dodsiz emasligini isbotlagan Gollivud aktrisalari (foto)

    04.11.2022, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.