Buxoro tumanida zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.A. Buxoro tumani “Novmetan” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini fuqaro R.ga o‘ziniki ekanini aytib, ushbu yer maydonini 13 000 dollarga sotishga kelishgani aniqlangan. U oldindan 80 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)