• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Entoni Xopkins : Qanday qilib oddiy novvoyning ikkichi o‘g‘li dunyoga mashhur aktyorga aylandi?

    2022-yilda britaniyalik aktyor Entoni Xopkins o‘zining 85 yoshini nishonlaydi. Aktyorning filmografiyasi haqiqatan ham juda boy — u 140 dan ortiq filmda rol o‘ynagan va bugungi kunda ham talabgir aktyor sanaladi. Ko‘pchilik Xopkinsni “Qo‘zilar sukunati” filmidagi Gannibal Lekter, boshqalar “Ikki papa” filmidagi Rim papasi, ayrimlar esa “Tor” filmidagi qirol Odin bilan yodga oladi. Ammo turli qiyinchiliklarga duch kelgan aktyorning mashaqqatli hayot yo‘li haqida ko‘pchilik bilmaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Entoni Uelsning kichik shaharchasida Muriel Enn va Richard Artur Xopkins oilasida tug‘ilgan. Uning otasi novvoy edi. Xopkins ba’zan o‘zini tanlanganlardan biri deb hisoblaganida, darhol otasi va uning mehnatdan qavarib ketgan dag‘al qo‘llari haqida o‘ylashini aytadi.

    Maktab davrida Entoni o‘qishga unchalik ishtiyoqmand emas edi, natijada u bir necha marotaba maktablarni o‘zgartiradi. Bu haqda u shunday deb tan oladi:

    Men yomon o‘quvchi edim, bu meni doimiy masxara qilish obyektiga aylantirardi va menda o‘zini yerga urish kompleksini rivojlantirardi. Men ahmoq ekanligimga mutlaq ishonch bilan o‘sganman.
    Bundan tashqari, Xopkins bolaligidanoq disleksiyadan aziyat chekkan. Bu haqda u shunday dedi: “Men yomon o‘qiganman. Shuning uchunmi boshqa bolalar bilan gaplashmasdim, maktabga ham nima uchun kelayotganimni anglamasdim. Balki shuning uchun ham aktyor bo‘lgandirman”.

    Foto: East News

    Foto: East News

    15 yoshida Entoni tasodifan aktyor Richard Barton bilan tanishib qoladi va undan dastxat so‘raydi. Barton yordami bilan Entoni Uels Qirollik musiqa va drama kollejiga o‘qishga kiradi va uni 1957-yilda tamomlaydi.

    Keyinchalik bo‘lajak aktyor Londonga ko‘chib o‘tadi va 1963-yilda Qirollik dramatik san’at akademiyasiga o‘qishga kiradi. O‘qish boshlanishidan bir yil oldin u birinchi marta sahnaga chiqadi. 1965 yilda uni Lorens Olivye payqab qoladi va Londondagi Qirollik milliy teatriga ishga taklif qiladi. Aynan Lorens Olivye yosh aktyorga sahnaga chiqishdan oldin hayajonlanmaslikni o‘rgatgan.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Teatrdagi muvaffaqiyatga qaramay, Entoni tinmay bir xil rollarni o‘ynashdan charchaydi, shuning uchun u teatrdan uzoqlashadi — televideniye va kinoda o‘zini sinab ko‘ra boshlaydi. 1967-yilda “Oq avtobus” qisqa metrajli filmi chiqadi, unda u o‘zining debyut rolini o‘ynaydi. Bir yil o‘tgach, 31 yoshida Xopkins “Qishdagi sher” filmida katta rolini ijro etadi — natijada u “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida BAFTA mukofotiga nomzod bo‘ladi. Bu vaqtda esa parallel ravishda teleseriallarda rol o‘ynay boshlaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Xopkins 1966-yilda aktrisa Petronella Barkerga uylanadi. 2 yildan so‘ng ularning qizi Abigeyl tug‘iladi, qizaloq ularning yagona farzandi bo‘lib qoladi. Entoni va Petronellaning nikohi atigi 6 yil davom etadi. Umrining o‘sha davri haqida fikr yuritar ekan, aktyor shunday deydi:

    Men juda xudbin bo‘lganman. Yaxshi er yoki ota bo‘lolmadim. Qizim men haqimda eshitishni ham xohlamaydi, lekin umid qilamanki, uning hayoti ham, ishlari ham yaxshi.
    Ota va qiz o‘rtasidagi munosabat aktyor boshqa ayolga uylanish uchun oilani tark etgandan so‘ng darhol uziladi. Abigeyl bundan qattiq azob chekadi.

    Xopkins 1973-yilda Jennifer Linton bilan oila quradi. Linton aktyor o‘ynagan filmlardan birida prodyuser yordamchisi bo‘lgan. Ular tanishgan paytda Xopkins hali ham Petronella bilan ajrashmagan, ammo ular o‘rtasida yaqin munosabatlar yo‘q edi. Xopkins va Linton Gollivud aktyorining karyerasidagi yuksalishi davomida birga bo‘lib, birinchi “Oskar” quvonchini ham birga baham ko‘rishadi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Kinotanqidchilar u haqida yaxshi gapirishlariga qaramay, Xopkinsning o‘zi uning yomon odatlaridan biri karyerasining o‘sishiga to‘sqinlik qilganini yaxshi biladi. U 1975-yilda mehmonxona nomerida uyg‘onganida va bu yerga qanday kelib qolganini eslay olmaganida tushungan edi. Aktyor buni tan oladi:

    Men bir necha o‘n yillar davomida o‘zimni vayron qildim. Ichimdagi iblislardan qutulganimdan keyingina aktyorlikdan to‘liq zavqlana oldim.
    Ma’nosiz eski hayotidan voz kechganidan so‘ng, uning karyerasi shiddatli sur’atda o‘sa boshladi. Bu davrda u “Sehr” (1978) va “Fil-odam” (1980) filmlarida o‘zining eng ko‘zga ko‘ringan rollarini o‘ynaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    1976-yilda Xopkins “Lindbergni o‘g‘irlash” filmi uchun “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi va 5 yildan so‘ng “Bunker” filmi uchun xuddi shu mukofotga yana loyiq ko‘rildi. 1987-yilda u Britaniya imperiyasi ordeni qo‘mondoni unvonini oldi, 6 yildan keyin esa ritsar-bakalavr unvoniga ega bo‘ldi, bu unga o‘z ismidan oldin “ser” unvonini qo‘shish huquqini beradi.

    Biroq Xopkinsning eng gullagan davri 1990-yillarning boshlarida, u 53 yoshida bosh rolni ijro etgan “Qo‘zilar sukunati” (1991) filmining chiqishi bilan keldi. O‘shanda Xopkinsga qo‘ng‘iroq qilishib, “Qo‘zilar sukunati” deb nomlangan ssenariyni taklif qilishadi. Aktyor esa ajablanib “Nima bu, qandaydir bolalar ertagimi?” deydi. Ammo filmdagi rolini o‘qib bo‘lgach, o‘zi qayta qo‘ng‘iroq qiladi va: “Bu men o‘qigan eng yaxshi narsa!”, — deya hech ikkilanmasdan filmda o‘ynashga rozi bo‘ladi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Shundan so‘ng u tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan tan olinadi. 1992-yilda u “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, aktyorning kadrda ko‘ringan umumiy vaqti taxminan 25 daqiqa, u filmning atigi 21 foizida ishtirok etgan. Keyinchalik Entoni yana ikki marta “Gannibal” (2001) va “Qizil ajdaho” (2002) filmlarida Gannibal Lekter obrazini gavdalantiradi. 2016-yilda aktyor davomiy filmlarda suratga tushish xato ekanligini aytib, bu rolni boshqa hech qachon o‘ynamasligini ta’kidlaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News
    Baxtga qarshi 2002-yilda Xopkins va uning rafiqasi Jennifer ajrashishga qaror qiladi. Biroq Jennifer bilan munosabatlari buzilmasidan avval aktyor kolumbiyalik Stella Arroyave bilan tanishib ulgurgandi. 2003-yilda juftlik turmush quradi. Keyinchalik aktyor Stella uni tom ma’noda omadsizlik botqog‘idan chiqarib olganini tan oladi. U rafiqasi haqida shunday deydi:
    U hamma narsaga ijobiy munosabatda. Undan hayotni qanday bo‘lsa, shundayligicha yashash kerakligini o‘rgandim.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2008-yilda Xopkins ozish dasturida ishtirok etadi va 2 yildan keyin u 36 kg vazn tashlaydi. Bir marta aktyor butun umri davomida musiqa bastalaganini ham tan oladi.

    Agar maktab davrida yetarlicha aqlli bo‘lganimda, musiqa kollejida yaxshi o‘qigan bo‘lardim.
    1986-yilda u hatto singl chiqaradi va 2007-yilda u dunyo bo‘ylab konsert berish uchun kinoni vaqtincha tark etishini e’lon qiladi. Xopkins 2012-yilda musiqiy albomini chiqaradi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2003-yilda aktyor Gollivud Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, bir telekanal tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada u 100 ta eng zo‘r kinoyulduzlari ro‘yxatida 7-o‘rinni egalladi. 2006-yilda kinoga qo‘shgan alohida hissasi uchun “Oltin globus”, 2008-yilda esa BAFTA mukofotlari bilan taqdirlandi.

    2011-yilda aktyor “Tor” superqahramonlik filmida Odin xudosi sifatida paydo bo‘ldi. 2013-yilda u “Tor 2: Zulmat qirolligi”, 2017-yilda “Tor: Ragnaryok” filmlarida o‘z rolini takrorladi. 2012-yilda u “Xichkok” filmidagi roli bilan o‘chmas taassurot qoldirdi. U rejissor Alfred Xichkok obrazida suratga tushib, Xelen Mirren bilan ajoyib tandem yaratdi. Bir yil o‘tgach, u RED-2 jangovar komediyasida paydo bo‘ldi va 2017-yilda “Transformerlar: So‘nggi ritsar” jangovar filmida ham rol o‘ynadi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2019-yildan keying davr “Entoni Xopkins karyerasining qayta tug‘ilishi” deb nomlanadi. O‘shanda u “Ikki papa” filmida Rim papasi Benedikt XVI rolida suratga tushgan. Film tanqidchilarning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi va aktyorning o‘zi “Oskar” (butun faoliyatidagi 5-nominatsiya), “Oltin globus” va BAFTA mukogotlariga sazovor bo‘ldi.

    U “Ota” filmidagi roli uchun yana bir “Oskar”ni olishga muvaffaq bo‘ldi. Unda u demensiya bilan kurashayotgan odam obrazini ajoyib tarzda gavdalantirgan. Aytgancha, Xopkins ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan eng keksa aktyorga aylandi — o‘sha paytda u 83 yoshda edi. G‘alaba uniki bo‘lishini kutmagani uchun aktyorning o‘zi marosimda ishtirok etmaydi. Ertasi kuni u ijtimoiy tarmoqqa video joylashtiradi va barchaga minnatdorlik bildiradi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Xopkins tasviriy san’atga ham befarq emas. Bir necha yil oldin uning rafiqasi erining eski rasmlarini topib, uni rasm chizishni davom ettirishga undagan. Xopkins hatto rasmlarini yaxshigina narxga sotadi ham.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Xopkinsning tan olishicha, hozirgi yoshida filmlarda o‘ynash ancha oson, bundan tashqari, agar aktyor 99,99 foiz mukammal ssenariyga ega bo‘lsa, unda u umuman hech narsa qilishi shart ham emas, deb hisoblaydi.

    Aktyorning telefonida maktab yillaridagi suratlari bor. Bu unga hayot yo‘lida bo‘lgan turli qiyinchiliklar va to‘siqlar haqida fikr yuritishiga yordam beradi. Intervyulardan birida u shunday deydi:

    Men bolalikdagi suratlarimga qarab, “Bolakay, ikkimizning ham ishlarimiz juda yaxshi”, deyman.
    84 yoshida aktyor tomoshabinlar hayratlanarli deb atagan “O‘g‘il” (2022) filmida rol ijro etdi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Hashamatni yoqtirasizmi, degan savolga Ser Entoni Xopkins shunday javob beradi:

    Unchalik emas. Men yaxshi ovqatlanishni yoqtiraman, lekin yangi restoran ochilishiga yoki shunga o‘xshash joylarga bormayman. Men ishlashni yaxshi ko‘raman, sport zaliga boraman va o‘zimni formada saqlayman.
    Xotini hamisha u juda qattiq ishlayotganidan xavotirda. Bu holatga esa aktyor shunday javob beradi: “Tishlarim va sochlarim to‘kilgandagina nafaqaga chiqaman. Hozir esa bekorchidek televizorga tikilib o‘tirishdan ma’no ko‘rmayapman”.

    02.11.2022, 20:31   Izoh (0)   15295
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ularning hammasi ikkichi va tanbal” — bolalikni yodga soluvchi sovet multfilmlari (foto)

    02.11.2022, 18:59

    Olamshumul mashhurlik keltirgan odatiy ampulasidan voz kechishning uddasidan chiqqan aktyor va aktrisalar (foto)

    02.11.2022, 16:57

    Ayshvariya Ray 49 yoshda: “Dunyo go‘zali” va jahon kinosi yulduzidan har bir ayolga asqatadigan tavsiyalar

    02.11.2022, 15:23

    “Oynaga qaraganmisan, tasqara?” — Filipp Kirkorov Toshkentdagi konsertida zaldan turib Nargiz Zokirovani haqorat qildi (video)

    02.11.2022, 13:38

    Haqiqiy sinov: roli ishonarli bo‘lishi uchun turli qiyinchiliklardan o‘tgan aktyor va aktrisalar (foto)

    02.11.2022, 12:51

    Kinotavsiya: Kuzning yomg‘irli kunlarida ko‘rish tavsiya etiladigan sehrli olamlar haqidagi ajoyib filmlar

    02.11.2022, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.