O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida 1-noyabr kuni yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Prezident protokoli rahbari lavozimini egallab kelgan Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga asosan Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatida tayinlovlar amalga oshirilgan edi. Unga ko‘ra,
- Rustam To‘ychiyevich Komilov — Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘ba mudiri;
- Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev Prezident administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari bo‘yicha sho‘ba yetakchi kunsultanti;
- O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov Prezident administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘basi yetakchi konsultanti;
- Shoxrux Anvarovich Xodjayev Prezident administratsiyasi kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba yetakchi kunsultanti lavozimiga tayinlangan.
Izoh (0)