Andijon viloyatida soxta hujjatlar orqali 10 milliard so‘m kreditni qo‘lga kiritgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “SH.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan SH.J. va boshqalar hududiy tijorat banki filialiga soxta baholash hujjatlarini taqdim qilish orqali naslli qora mollarni xarid qilish uchun ajratilgan 10 milliard so‘m kredit mablag‘ini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)