O‘zbekistonda 2025-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig‘i Sanjar Qurbonaliyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021—2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi ilg‘or xorijiy tajribaga asosan ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.
Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilar:
- korxonalarni boshqarish va isloh qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish;
- davlat ishtirokidagi korxonalar sonini muttasil qisqartirib borish;
- korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash.
Izoh (0)