Andijon viloyati Marhamat tumanida tadbirkorning mulkini qo‘lga kiritgan MCHJ rahbari aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda O.E. MCHJ rahbari A.Yu. va boshqalar CH.E. MCHJning 481,3 million so‘mlik kabel mahsulotlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgani hamda 175,3 million so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)